Yangi Zelandiyaning Xristchyorch shahriida joylashgan University of Canterbury 2020-yil uchun Roper Scholarship in Science dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.
Ushbu stipendiya dasturi Kenterberi universiteti tarkibidagi Faculty of Scienceda oʻqitiladigan doktorantura kurslariga oʻqishga kirgan talabalariga beriladi. Grant uch yilga ajratiladi.
Roper Scholarship in Science grant dasturi odatda saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan, 2-oʻrinda turgan nomzodga beriladi. 1-oʻrindagi tadqiqotchi esa an’anaga koʻra, Brownlie Scholarship grantiga loyiq topiladi.
Grant kimlar uchun?
Doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
University of Canterburyda oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan.
Grant yutib olgan nomzodning mahalliy talaba toʻlaydigan hajmdagi kontrakti qoplanadi va 3 yilgacha har yilga 26 000 NZD (taxminan 17 641 USD) stipendiya beriladi.
Grant kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Qolgan pulni esa talaba toʻlashi kerak.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Nomzod universitet tarkibidagi Faculty of Scienceda oʻqitiladigan doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. Kamida IELTS 6,0 yoki ekvivalent talab qilinadi.
- Nomzod saralash tanlovida 2-oʻrinni egallashi kerak. Bunda saralash nomzod topshiradigan hujjatlar, a’lo baholar, tadqiqotlardagi ishtirok, ilmiy salohiyat, til bilish hamda suhbat kabilarga asoslanib amalga oshiriladi.
- Nomzod oʻqiyotgan kursida 3,0 EFTS boʻlishi kerak. Bu yerda EFTS – “Equivalent Full Time Student”, yaʼni, kunduzgi boʻlimda toʻliq oʻqiyotgan talaba maʼnosini anglatadi. 1,00 EFTS – 120 kreditga teng. Yaʼni, nomzod butiun oʻqish davomida 360 kredit yigʻishi kerak.
- Nomzod oʻqish va grantga dedlayndan 2 oy oldin ariza berishi kerak.
Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga hujjat topshirish uchun avval universitet tarkibidagi Faculty of Scienceda oʻqitiladigan doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz. Oʻqishga ariza berish 10-dekabrgacha, grantga esa hujjatlarni 2019-yil 15-oktabrga qadar topshirish lozim. Grant yutish uchun dedlayndan 2 oy oldin ariza berish kerak.
Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Hujjatlar tarkibi chet elliklar uchun fuqarolikka qarab farq qiladi. Shu yerda davlatlar roʻyxati berilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun kirish talablarini liaison@canterbury.ac.nz ga murojaat qilib aniqlash kerak boʻladi.
- Avval shu yerdan oʻqitiladigan kurslarni toping.
- Shu yerda oʻqishga hujjat topshirish tartibi bosqichma-bosqich berilgan. Jarayon bilan batafsil tanishib chiqing.
- Shu yerdan chet elliklar uchun umumiy boʻlgan kirish talablarini tekshirib oling.
- Tanlagan kursingiz sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan. Bunda barcha shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzingizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlang.
- Ariza topshirish onlayn tarzda shu yerda amalga oshiriladi. Uni toʻldirng va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
Grantga ariza berish. Grantga ariza onlayn toʻldiriladi. Jarayonni boshlashdan avval yoʻriqnoma bilan tanishib chiqing. Agar savollar boʻlsa, shu yerga murojaat qilib, aniqlashtiring.
Hujjatlar tarkibi (umumiy):
- Toʻldirilgan arizalar.
- Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
- CV/resume.
- Pasport nusxasi.
- IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilishga qoʻyilgan talab farq qiladi. Talab qilingan ball kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi.
- Letter of motivation.
- Statement of purpose.
- Letter of recommendation.
Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.
Muhim! Grantga ariza berish koʻrsatilgan dedlayndan 8 hafta avval amalga oshirilishi kerak. Aks holda ariza koʻrib chiqilmaydi.
Nomzodlar hujjat topshirgan ixtisosligi boʻyicha aʼlo baholari, tadqiqotchilik salohiyati liderlik qobiliyati, salohiyati, tirishqoqligi, tadqiqot loyihalarida ishtirok etganligi kabi mezonlar asosida saralanadi.
Natijalar imkon qadar tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Bogʻlanish uchun: enrol@canterbury.ac.nz