×

Oxford University: Magistratura+MBA kursi uchun toʻliq grant va yillik 14 553 funt-sterling stipendiya; joy – 5 ta!


Grant

MUHLAT

10.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2820 marta

Angliyaning Oxford University Said Business School 2020-2021-oʻquv yili uchun navbatdagi Oxford Pershing Square Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-yildan boshlab Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan Master’s degree and the MBA year (1+1) kursiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant ikki yilga beriladi. Grantga nomzod a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, liderlik qobiliyatiga ega, kirishimli, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Magistratura+MBA (1+1) bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

SBS Master’s degree and the MBA year (1+1) kursining kontrakt toʻlovi 2020-2021-yil uchun 59 490 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodning ikki yilga kontrakti toʻliq qoplanadi va har yilga 14 553 funt-sterling stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yildan boshlab Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan Master’s degree and the MBA year (1+1) (Oxford 1+1 MBA) kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  4. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  5. Nomzod a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, liderlik qobiliyatiga ega, kirishimli, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim. GMATdan kamida 650 ball/GRE kamida 160 ball talab qilinadi.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamid 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  7. Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar a’lo boʻlishi lozim.
  8. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan Master’s degree and the MBA year (1+1) (Oxford 1+1 MBA) kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Hujjat topshirish yilda 4 marta amalga oshiriladi:

  • 1-qabul: 2019-yil 6-sentabr.
  • 2-qabul: 2019-yil 1-noyabr.
  • 3-qabul: 2020-yil 10-yanvar.
  • 4-qabul: 2020-yil 3-aprel.

Grant ariza berish muddati esa 2020-yil 10-yanvargacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Master’s degree and the MBA year (1+1) (Oxford 1+1 MBA) kursi sahifasiga kiring.
  2. Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  3. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  4. Shu yerda ariza (Interest form)ni topshiring.
  5. Agar hujjatlaringiz dastlabki saralashdan oʻtsa, ariza topshirgan muddatingizga qarab, sizni quyidagi muddatlardan biriga suhbatdan oʻtish uchun taklif etishadi:
  • 1-qabul: 2019-yil 6-sentabr – suhbat: 20-sentabr.
  • 2-qabul: 2019-yil 1-noyabr – suhbat: 15-noyabr.
  • 3-qabul: 2020-yil 10-yanvar – suhbat: 31-yanvar.
  • 4-qabul: 2020-yil 3-aprel – suhbat: 24-aprel.
  1. Ariza topshirish yakunida 150 funt-sterling badal toʻlash kerak. Pul toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  2. Jarayon yuzasidan savollarga savol-javoblar sahifasidan oydinlik kiritish mumkin.
  3. Grantga hujjat topshirish. Ariza toʻldirayotganda Pershing Square Scholarshipga talabgor ekanligingizni esse orqali bildirish kerak. Buning uchun “How do you intend to change the world? What does this tell us about you as a person?” savoliga 500 tagacha soʻzdan iborat javob yozib bering. Esse qabul komissiyasiga ma’qul kelsa, sizni suhbatga chaqirishadi.
  4. Eslatma: grant olish uchun oʻqishga 10-yanvargacha hujjat topshirish shart.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar iloji boricha a’lo boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • GRE/GMAT sertifikati. GMAT kamida 650 ball/GRE kamida 160 ball boʻlishi kerak.
  • CV/resume. Kamida 2 yil toʻliq stavkada ishlaganlik haqida ma’lumot (ish tajribasi)ni ham rezumening ichiga yozish kerak.
  • Career plan.
  • Written work/yozma ish: oʻzingiz haqingizda CVga va arizangizga kiritilmagan 250 tagacha soʻz hajmda ma’lumot; nima uchun Oxford 1+1 MBA dasturini tanladingiz savoliga 250 tagacha soʻzda javob; Oxford MBA dasturida oʻqiganingizdan keyin kelajakda qanday yutiqlarga erishmoqchisiz va h.k. haqida 250 tagacha soʻzdan iborat esse yozish kerak. Jami yozma ish hajmi 750 tagacha soʻz boʻladi.
  • Online assessment. 5 ta savoldan iborat imtihon topshiriladi.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Grant uchun esse. “How do you intend to change the world? What does this tell us about you as a person?” savoliga 500 tagacha soʻzdan iborat javob yozish kerak.

Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Natijalar qaysi vaqtda hujjat berganingizga qarab eʼlon qilinadi:

  • 1-qabul: 2019-yil 6-sentabr – javob: 18-oktabr.
  • 2-qabul: 2019-yil 1-noyabr – javob: 13-dekabr.
  • 3-qabul: 2020-yil 10-yanvar – javob: 20-mart.
  • 4-qabul: 2020-yil 3-aprel – javob: 29-may.

Elektron pochta: ps.scholars@sbs.ox.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!