×

Avstraliya: Biznes va iqtisod boʻyicha magistratura kurslari uchun 50 foizli grant


Grant

MUHLAT

12.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1630 marta

Avstraliyaning Australian National University 2019-2020-yilga ANU College of Business & Economics International Graduate Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetning College of Business & Economicsda magistratura (postgraduate coursework) bosqichini oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Grant 12 nafar talabaga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetning College of Business & Economicsda magistratura kurslarida oʻqish tanlangan kursga qarab farq qiladi va chet ellik talaba taxminan 45 600 AUD (taxminan 31 382 AQSh dollar) kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan 12 nafar nomzodga kontraktidan 50 foiz chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning College of Business & Economics magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod kunduzgi shaklda oʻqishi kerak.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi va jismoniy hamda ruhiy jihatdan sogʻlom boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant College of Business & Economics magistratura (postgraduate coursework) kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grantga da’vogar hisoblanadi. Dedlayn 2019 yil 15-dekabrgacha, ammo grant olish uchun 12-sentabrgacha hujjat topshirish maqsadga muvofiq.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

  1. Avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  2. Shu yerdan kerakli kurs tanlang.
  3. Tanlangan kurs sahifasining Overview boʻlimida mumiy maʼlumotlar bilan tanishing.
  4. Admission Requirements sahifasida chet elliklar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  5. Admission & Fees. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
  6. Apply yozuvini bosib, arizani toʻldiring. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.0, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlash kerak.
  4. Bakalavr diplomi va diplom ilovasi.
  5. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa).
  6. 2 ta tavsiyanoma.
  7. Research proposal.

Yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, tanlagan sohasi boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalari, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar 2-oktabrgacha eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: scholarships.cbe@anu.edu.au  yoki shu yerga murojaar qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!