Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi birinchi marta chet el oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun stipendiya dasturi ochiq tanlovini e’lon qiladi.
Asosiy ma’lumot: Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi birinchi marta chet el oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun stipendiya dasturi ochiq tanlovini e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish Jamg‘armasi chet el oliy o‘quv yurtlarida grant asoosida o‘qish uchun ochiq tanlov e’lon qildi.
2019-yilda talabalar chet el oliy o‘quv yurtlarida magistrlik dasturida o‘qish uchin grant yutib olish kabi ajoyib imkoniyatga ega.
Nomzodlarni tanlashda quyidagi yo‘nalishlar ustuvor (birinchi o‘rinda) turadi:
- Madaniyat va san’at sohasida menejment
- Qayta tiklash va saqlash
- Arxitektura
- Madaniy sayyohlik
- Grafik dizayni
- Tasviriysan’at
- Muzeyshunoslik
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- Shartnomaning umumiy qiymati;
- Yotoqxonada yashash va sutkalik;
- Bir akademik yilda 2ta aviatsion uchishlar;
- Tibbiy sug‘urta (minimal tarif bo‘yicha).
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Tanlovda 30 yoshgacha boʻlgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
- Raqobatchilar bir vaqtning o‘zida bir nechta stipendiya dasturlari bo‘yicha g‘olib bo‘lishi mumkin emas;
- Tanlovda 30 yoshdan katta bo‘lmagan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin;
- Jamg‘arma akademik intizom buzilgan, olayotgan ta’limni o‘zlashtirish pasaygan, uzrsiz uzluksiz davomatni buzish, ichki qoidalar va oliy o‘quv yurtining qoidalariga rioya qilmaslik, yotoqxonada yashash (agar talaba yotoqxonada yashasa) qoidalarini buzish hollarida, hamda tabiiy ofatlarda (zilzilalar, bo‘ronlar, qurg‘oqchilik va boshq.) yokiijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarda (urush holati, blokada, davlat manfaatlaridagi import va eksportni to‘xtatilishi, va ho kazo) ta’lim grantini to‘lashni to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. To‘lovni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror Madaniyat va san’atni rivojlantirish Jamg‘armasi tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
- Grant summasi qabul qiluvchi tashkilotning hisob raqamiga o‘tkaziladi;
- Magistrlik dasturga kirgan xolatda talabalarni, Jamg‘arma yozgi ta’til vaqtida O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari va muassasalarida amaliyot o‘tish uchun tayinlash huquqini o‘zida saqlab qoladi;
- Grant yutib olgan shaxslar tegishli litsenziya (magistr) olganidan so‘ng uch oy davomida Fond stipendial(stipendiyaga oid) komissiyaning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nazorati ostida madaniyat va san’at muassasalarining ustuvor yo‘nalishlarida ishlaydi. Ish staji: kamida bir yil.
- O‘quv davri mobaynida talabalar shaxsiy xavfsizligi uchun Jamg‘arma javobgar emas;
- Fond yozgi ta’til vaqtida talabaning xarajatlarini (turarjoyi, ovqatlanishi, ichki transport) qoplamaydi;
- O‘quv jarayoni vaqtida favkulodli vaziyatlar, sog‘liq bilan bog‘liq sharoitlar va boshqa sabablarga ko‘ra rejadan tashqari talaba O‘zbekistonga qaytib kelishi kerak bo‘lsa, havo safariga (aviatsion uchishga) chiqish uchun barcha moliyaviy xarajatlar grant sohibining bo‘yniga qo‘yiladi.
- Grant dasturining gʻoliblari orttirilgan bilimlari va qobiliyatlari bilan oʻrtoqlasha oladigan, yangi gʻoyalar yarata oladigan, ularni amalga oshirish va natijalari uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga oladigan ijodkor kishilar, shuningdek, umumiy fikrga ega insonlar guruhini toʻplashga tayyor boʻlgan va umumiy maqsadga erishishga ahd qilgan shaxslar boʻlishi mumkin.
- Grant dasturining gʻoliblari orttirilgan bilimlari va qobiliyatlari bilan oʻrtoqlasha oladigan, yangi gʻoyalar yarata oladigan, ularni amalga oshirish va natijalari uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga oladigan ijodkor kishilar, shuningdek, umumiy fikrga ega insonlar guruhini toʻplashga tayyor boʻlgan va umumiy maqsadga erishishga ahd qilgan shaxslar boʻlishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
– Birinchi bosqichda talabalar grant dasturiga saralashda ishtirok etish uchun shu yerda ko‘rsatilgan zayavkani(talabnomani) to‘ldirish kerak bo‘ladi.
Talabnomani topshirish uchun oxirgi muddat 2019-yil 30-avgust.
Nomzodlar zayavkaga (talabnomaga) quyidagi hujjatlarni qo‘shib yuborishlari kerak bo‘ladi:
- istalgan mamlakat Universitetidan o‘qishga qabul qilinganlik haqida ma’lumotnoma (o‘qish uchun to‘lov-shartnoma summasi ko‘rsatilsin);
- pasport nusxasi;
- rus yoki o‘zbek tilida maqsadlar xaqidagi ariza (dalillar va asoslar xati). Ush bu hujjat quyidagi talablarga javob beradigan shaklda rasmiylantirilishi kerak: Times New Roman shriftida, 12 o‘lchamida, 1.5 intervalda (400ta so‘zdan ortiq bo‘lmasligi lozim);
- Jamg‘arma belgilangan namunaga asoslangan shaxsiy ariza;
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va ilovaning nusxasi;
- rezyume.
Qo‘shimcha hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa)
- xorijiy tilni egalllaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar;
- o‘qituvchi va ish beruvchilarning tavsiya xatlari;
- ilmiy nashrlarning nusxalari.
Dasturda ishtirok etish uchun hujjatlarni shu yer orqali yuborish mumkin.
Dasturning ikkinchi bosqichi – 2019-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining binosida o‘tkaziladigan yuzma yuz suhbatdir. Manzil: Toshkent sh. Taras Shevchenko, 1.
Grantlar tanlov tadbiri O‘R Madaniyat Vazirligi qoshidagi madaniyat va san’atni rivojlantirish Jamg‘armasining reglamentidagi Stipendial dasturining tarkibiy qismidir.
Musobaqaning umumiy jadvali:
- Talabnomalarni(zayavkalarni) Jamg‘armaning saytida qabul qilish muddati-2019-yil 30-avgustgacha.
- Birinchi bosqichni talabnomalarining ekspertizasi (tekshiruv jarayeni): 2019-yil 6-sentabrigacha.
- Birinchi bosqichning natijalarini e’lon qilish: 2019-yil 9-sentabrigacha.
- Jamg‘armaning komissiyasi bilan yuzma yuz suhbat: 2019-yil 11-sentabr.
- Tanlovning natijalarini aniqlash: 2019-yil 14-sentabrigacha.
- G‘oliblarni e’lon qilish: 2019-yil 20-sentabridan kech emas.
Tanlov gʻoliblari uchun jadval:
Gʻoliblar bilan shartnoma munosabatlarini tuzish: tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida.
Stipendiya toʻlovlari: 2019-yil sentabr oyigacha.
Nomzodni saralash mezonlari:
Baholash mezonlari:
- Ilmiy faoliyat.
- Ilmiy-tadqiqot ishlari.
- Analitik koʻnikmalar.
- Tashkiliy koʻnikmalar.
- Rivojlanish maqsadi.
- Ijtimoiy faoliyat.
- Tanlangan sohaning ahamiyati va afzalliklari va uning madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishdagi oʻrni.
Murojaat uchun:
Sobirov Azamat
Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamgʻarmasi
Telefon va telegram: 97 706 60 37; 71 207 40 10