AQShning Chikago shtatida joylashgan The Stigler Center 2020-yilgi Stigler Center Journalists in Residence Program dasturiga arizalar qabul qilmoqda. The Stigler Center 1977-yilda Nobel mukofoti laureati George E. Stigler tomonidan asos solingan. Bu markaz Chikago Universitetining biznes maktabi va huquqshunoslik maktablari qoshida tashkil etilgan. Markaz iqtisodiyot, davlat ishlari va qoqunchilikni oʻrganish, tahlil qilish va shu mavzularni chuqurroq oʻrganish maqsadidagi shaxslarga koʻmak berishni maqsad qilgan.
Rezidensiya dasturi dunyoning turli qismlaridan boʻlgan jurnalistlarni toʻplab, ularga biznes boʻyicha hisobot berish (business reporting) boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga yordam beradi. Rezidensiya dasturi vaqtida qatnashchilar bir-birlari bilan fikr almashishlari, universitetni oʻrganishlari va oʻqituvchilar bilan tanishishlari mumkin. Undan tashqari ular turli mavzulardagi kurslarga ham qatnashishadi. Rezidensiya paytida taklif etiladigan kurslar biznes, huquqshunoslik va iqtisod sohalari oid va xilma-xil boʻladi, qatnashchilar qaysi kursda qatnashishni oʻzlari hal qilishadi. Dastur taxminan 12 hafta davom etadi va undagi mashgʻulotlar Markazning Hyde Park binosida boʻlib oʻtadi. Dastur 2020-yil 23-martdan 13-iyungacha boʻlib oʻtadi.
Grant kimlar uchun?
Jurnalistlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilingan qatnashchilarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
- Qatnashchilarga Chikagoga kelish va qaytib ketish uchun ekonom klassdagi aviachipta uchun pul mablagʻi beriladi.
- Ularning viza va SEVIS xarajatlari qoplab beriladi.
- 12 haftalik dastur davomida ishlatish uchun 12 000 USD miqdoridagi stipendiya beriladi (stipendiya 14%lik soliqqa tortiladi).
- Chikago Universitetida jahon darajasidagi biznes asoslari kursda ishtirok etish qatnashchilar uchun bepul tashkil qilib beriladi.
- Chicago Booth va butun universitet boʻylab seminar va treninglarda qatnashish imkoniyati taqdim etiladi.
- ProMarket blogi uchun maqola tayyorlash mumkin boʻladi.
- Oʻqish uchun maxsus tayyorlangan joy beriladi.
- Universitet talabalari va oʻqituvchilari bilan muloqot qilish mumkin boʻladi.
- Dastur soʻnggida jurnalistlarga sertifikat beriladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha daclatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod bir necha yillik media jurnalistligi tajribasiga ega boʻlishi kerak.
- Dasturga qabul qilingan qatnashchilar mashgʻulotlarning barchasida qatnashishlari va uchta kursni tugatishlari kerak boʻladi.
- Nomzod dastur boshlanmasidan oldin qabul qilingan qatnashchilar mashgʻulotlarning barchasida qatnashish va uchta kursni tugatish haqida shartnoma imzolashi lozim.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar qabuli hozir yopiq. Tez orada qabul ochiladi. Dedlayn muddati hali aniq boʻlmagani uchun, taxminiy ravishda 15-oktabr, deb olindi.
Agar dastur uchun hujjat topshirmoqchi boʻlsangiz, onlayn tizim orqali ariza topshirishingiz kerak boʻladi. Hujjatlarni elektron pochta orqali stiglercenter@chicagobooth.edu manzilga yuborish ham mumkin.
Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni ilova qilish zarur:
- CV yoki Rezyume.
- Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalarni tavsiya beruvhilar mustaqil ravishda joʻnatishlari mumkin. Xatlar quyidagi manzilga pochta orqali yuborilishi mumkin:
Stigler Center
University of Chicago Booth School of Business
5807 S Woodlawn Ave
Chicago, IL 60637
- Nomzod yaqinda tayyorlagan uchta ish. Bu materiallar nomzod tayyorlagan xabarlar (NEWS) boʻlishi kerak. Barcha materiallar ingliz tilida taqdim etilishi kerak. Agar original material ingliz tilida boʻlmasa, tarjimasi bilan berilishi zarur. Orignal tili inglizcha boʻlmagan materiallar uchun: agar topshirilayotgan material yozma maqola boʻlsa, uni tarjima qilib, asl nusxaga ilova qiling. Agar videolavha yoki audio (radioda berilgan boʻlsa) material topshirmoqchi boʻlsangiz, ularni fayl koʻrinishida berish va lavhaga transkripsiya ilova qilish zarur.
- Motivatsion xat. Motivatsion xatda qiziqishlaringiz va nega dastruda qatnashmoqchi ekanligingizni yoritib bering, dasturdan nimalarni kutayotganingizni ham qoʻshib qoʻying. Xat koʻpi bilan 500 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.
- Qoida boʻyicha ingliz tili ona tili hisoblanmagan nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlarini koʻrsatuvchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak. IELTS, TOEFL, SAT, ACT, Cambridge, Duolingo kabi standartlashtirilgan til testlari natijalarini koʻrsatsa ham boʻladi. Agar davlat tili ingliz tili bolgan davlatlardan birida oʻqigan yoki ishlagan boʻlsangiz yoki siz oʻqigan OTM ingliz tili diplomiga teng boʻlgan diplom bergan boʻlsa yuqoridagi hujjatlarni topshirishingiz shart emas.
Eslatma: qabul jarayonida suhbatdan ham oʻtiladi.
Dastur boʻyicha qoʻshimcha ma’lumot olish uchun rasmiy sayt va savol-javoblarni koʻrib chiqishingiz mumkin.
Bogʻlanish uchun: stiglercenter@chicagobooth.edu