×

AQSh: Postdoktorlar uchun 9 oylik rezidensiya dasturi; 77 500 AQSh dollar stipendiya; tadqiqot uchun 5 000 AQSh dollar; oila a’zolari uchun 7 000 AQSh dollar beriladi; joy – 50 ta!


Grant

MUHLAT

12.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1350 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Harvard University tarkibidagi Radcliffe Institute for Advanced Study 2020-2021-yillar uchun Radcliffe Fellowship Program dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant ilmiy-ijodiy izlanishlar olib borayotgan yoki 2018-yil dekabrgacha doktorlik ishini himoya qilgan postdoktor tadqiqotchilar uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiya 9 oy muddatga beriladi. Grantga nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin. Grant har yili 50 nafar nomzodga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkonyatlar yaratiladi:

  1. 9 oyga 77 500 USD miqdorida stipendiya beriladi.
  2. Tadqiqot uchun 5 000 USD mablagʻ ajratiladi.
  3. Nomzodga transport xarajatlari uchun AQShga oʻzi va oilasi bilan kelishi 1 000 USD, har bir oila a’zosiga qoʻshimcha 200 USD beriladi.
  4. Oilasi bilan keladigan nomzodlarga 4 600 dan 7 000 USD turar joy uchun mablagʻ beriladi.
  5. Har bir voyaga yetmagan farzand uchun 2 500 dan 7 000 USDgacha pul ajratiladi.
  6. Tibbiy sugʻurta olib beriladi.

Barcha moliyalashtirish hajmi: shu yerda.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod PhD diplomiga ega boʻlishi hamda 2018-yil 31-dekabrgacha PhD ishini himoya qilgan postdoktor boʻlishi kerak.
  3. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  4. Matematika va texnika fanlari boʻyicha nomzodlar kamida 5 ta ilmiy naqola e’lon qilgan boʻlishi lozim.
  5. .Ayni vaqtda doktorantura yoki magistraturada oʻqiyotgan talabalar bu grantga aria bera olmaydi.
  6. Avval bu dasturda qatnashganlar qayta ariza bera olmaydi.
  7. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Ijtimoiy fanlar boʻyicha nomzodlarga ariza berish uchun dedlayn – 2019-yil 12-sentabrgacha; aniq fanlar uchun esa 2019-yil 3–oktabr.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Shu yerdan shaxsiy account oching.
  2. Shu yerda roʻyxatdan oʻting.
  3. Qanday qilib ariza berish tartibi bilan shu yerda tanishing.
  4. Talablar va hujjatlar tarkibi bilan shu yerda tanishing.
  5. Savollar tugʻilganda savol-javoblar sahifasidan javob olish mumkin.

Hujjatlar tarkibi:

  • Ariza.
  • CV/resume.
  • Research proposal.
  • Yozma ish namunasi.
  • 3 ta tavsiyanoma.

Barcha ilova qilinadigan hujjatlar onlayn tizimga joylanadi.

Natijalar 2020-yil mart oyida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: fellowships@radcliffe.harvard.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!