×

Avstraliya: Magistratura va doktorantura bosqichlari uchun 50 foizgacha grant; joy – 15 ta!


Grant

MUHLAT

15.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1319 marta

Avstraliyaning Melbrun shahrida joylashgan University of Melbourne  oliygohda tahsil olishni istagan talabalardan International Graduate Merit Scholarships dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitet tarkibidagi Faculty of Business & Economicsning graduate, ya’ni magistratura yoki doktorantura bosqichi talabalari uchun moʻljallangan. Grant bir-uch yilga beriladi. Grant dasturida ishtirok etishni istagan nomzodlar a’lochi va ojtimoiy faol boʻlishi talab qilinadi. Grant 15 nafarga yaqin talabaga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichlari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetda oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha turlicha kontrakt puli toʻlaydi. Barcha kurslarning kontrakt toʻlovi: shu yerda berilgan.

Grant yutib olgan nomzodlarga kontraktdan 25-50 foizgacha chegirma qilinadi.

Grant kontraktni qisman qoplaydi. Yashash va boshqa xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitet tarkibidagi Faculty of Business & Economicsning graduate, ya’ni magistratura yoki doktorantura kursiga oʻqishga qabul qilingan yoki oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Magistratura talabalari ilmiy nashrlarda maqolalar eʼlon qilgan boʻlishi, tadqiqotlarda ishtirok etishi, kasbiy tajribaga ega boʻlishi maqsadga muvofiq.
  • Nomzod bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi boʻlishi kerak.
  • Ayni vaqtda universitetda oʻqiyotgan talabalar bu grantga ariza bera olmaydi.

Barcha talabar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun universitet tarkibidagi Faculty of Business & Economicsning graduate (magistratura yoki doktorantura) kurslaridan biriga ariza topshirish kerak. Grantga alohida ariza berish tlab qilinmaydi. Dedlayn muddati – 2020-yil 15-fevral.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan oʻqishga qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqing.
  2. Entry requirements sahifasida chet ellik tadqiqotchilar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  3. Ingliz tili talablari toʻgʻrisida esa shu yerda toʻliq maʼlumot berilgan.
  4. Fees boʻlimida kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
  5. How to apply sahifasidan ariza toʻldirish yoʻriqnomasini batafil oʻrganing.
  6. Keyin esa arizani toʻldirib, ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnating.
  7. Ariza berish uchun 100 AUD (68 USD) badal toʻlash lozim.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlab olamiz.
  4. Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi. Kirish talablari sahifasida diplom va diplom ilovasiga qoʻyiladigan talab turlicha. Maʼlumotlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
  5. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa).
  6. GRE yoki GMAT sertifikati soʻralishi mumkin.
  7. Research proposal va nashr ishlari talab qilinishi mumkin. Mavzu kurs ixtisosligi va tadqiqot uchun tanlangan muammo boʻyicha tanlanadi.

Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, tanlagan sohasi boʻyicha bilmlari, tadqiqotlarda qatnashganligi, ijtimoiy faolligi, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!