×

Garvard Universiteti: Magistratura talabalari uchun toʻliq grant va bepul tibbiy sugʻurta!


Grant

MUHLAT

03.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

9594 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Garvard universiteti Gleitsman Leadership Fellowship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-oʻquv yilida universitet tarkibidagi Harvard Kennedy School va oliygohning shu maktab bilan hamkorlikda tuzilgan boshqa dasturlari boʻyicha magistratura bosqichiga qabul qilingan/qilinadigan, yetakchilik qobiliyatiga ega talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar mahalliy va xorijlik talabalar uchun ajratiladi. Ushbu stipendiya ikki yilga beriladi. Grantga nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga ikki yil davomida quyidagi imtiyozlar yaratib beriladi:

  • Oʻqish xarajatlari toʻliq toʻlab beriladi.
  • Talabaning sogʻligʻi sugʻurta qilinadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod Harvard Kennedy Schoolning magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilinishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Harvard Kennedy School maktabiga hujjatlar 2019-yil 3-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Grantga esa 2020-yil 4-fevralgacha ariza topshirish mumkin.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  • Shu yerda onlayn tarzda ariza toʻldiring.
  • Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Oliygohga topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  • Ariza.
  • Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun toʻlov (100 AQSh dollari).
  • Esse`lar (tanlangan yoʻnalishga qarab turlicha boʻlishi mumkin).
  • Ilmiy daraja va baholar.
  • Test natijalari (GMAT, GRE, TOEFL/IELTS).

Grant dasturi uchun kerakli hujjatlar:

  • Garntga arizani: shu yerda toʻldiring.
  • Tarjimai hol. 150 tagacha soʻzdan iborat hajmda yoziladi.
  • 2 ta esse. Batafsil ma’lumot va esse mavzulari: Please discuss your passion and commitment to social activism. Please indicate specific experience/s that demonstrate leadership in that sphere, including challenges and how you’ve confronted them, to bring about social change. (750 ta soʻzgacha) 2. Please discuss briefly your interest in the Gleitsman Fellowship and how your leadership goals have motivated you to apply (200 ta soʻzgacha).

Nomzodlar a’lo baholari, yetakchilik qobiliyati, ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan 2020-yil fevral oyida suhbat oʻtkaziladi.

Ma’lumot uchun: savol-javoblar sahifasini oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!