Yaponiyaning Kawamura Arts and Cultural Foundation jamgʻarmasi barcha zamonaviy san’at sohasi vakillarini Socially Engaged Art Support Grant dasturida qatnashishga taklif etadi. Ushbu grant Yaponiyada tashkillashtirilayotgan dasturlardan biridir. Loyihaning maqsadi – ijtimoiy ishtirok sanʼati (Socially Engaged Art – SEA)ni targʻib qilishdir.
Ijtimoiy ishtirok sanʼati – bu ham kundalik, ham ijtimoiy darajada jamiyatning faol ishtiroki va jamiyat bilan faol muoqot orqali mavjud qoidalar hamda tizimlarda muayyan “oʻzgarish” qilishga qaratilgan ijodiy faoliyatni bildiruvchi umumiy atamadir.
Socially Engaged Art Support Grant dasturi Yaponiyada amalga oshiriladigan hamda jamiyat va jamoatchilikka bagʻishlangan ijtimoiy ishtirok sanʼati loyihalarni modddiy jihatdan oʻllab-quvvatlaydi; hamjamiyatlar va rezidentlar bilan birgalikdagi mashgʻulotlarni joriy qiladi; yaxshiroq jamiyat modellarini yaratish va namoyish qilishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi.
Navbatdagi qabulda mazkur grant “COVID-19 bilan bogʻliq xaosda ijtimoiy ishtirok sanʼati loyihasi (Socially Engaged Art Project in the COVID-19 Related Chaos)” mavzusiga oid gʻoyalarni chorlamoqda. Loyihasi qabul qilinganlardan loyihani tatbiq qilish uchun prototip (dastlabki seminarlar, prototip maʼruzalar, videolar va h.k.) eʼlon qilish talab etiladi.
Bu yil taxminan 10 ta loyihaga grant ajratish rejalashtirilgan. Grant 2022-yilning 1-aprelidan 2023-yilning 31-martigacha beriladi.
Loyihalar ingliz yoki yapon tilida topshirilishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Zamonaviy san’at yoʻnalishida faoliyat olib boruvchi jismoniy shaxslar va tashkilotlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur umumiy miqdorda maksimal 3 million yen (taxminan 27 300 AQSH dollari) mablagʻ ajratishni nazarda tutadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan vakillar ushbu grantga ariza bera oladilar.
- Loyihalarni yakka shaxslar yoki sanʼat / sanʼatkorlar tashkilotlari topshirishi mumkin.
- Dasturda ishtirok etish uchun yosh chegarasi belgilanmagan.
- Nomzodlar taklif qilayotgan loyihalar Yaponiyada amalga oshirilishga moʻljallangan boʻlishi kerak.
Faqatgina ijtimoiy ishtirok sanʼatiga oid loyihalar qabul qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Navbatdagi (2022-yil uchun) qabul 2021-yilning 2-avgustidan 3-oktyabrigacha davom etadi.
Loyihada ishtirok etish istagida boʻlganlar hujjatlarni belgilangan muddatgacha onlayn tarzda ariza berish orqali taqdim etishlari zarur.
Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:
- Grant uchun ariza.
- Ishtirokchi haqida ma’lumot (individual yoki tashkilot nomidan).
Arizaga quyidagi hujjatlar lova qilinadi:
- Xarajatlar taqsimoti roʻyxati.
- Loyiha mazmuni (agar grant uchun arizaga sigʻmay qolgan boʻlsa).
- Ilovalar (saralash jarayonida hakamlar xay’atiga loyihaning mazmunini ochib beruvchi hujjatlar: videolavhalar, ovozli materiallar, tarqatma materiallar, katalog, buklet va boshqalar). Materiallar quyidagi talablarga mos boʻlisi kerak:
– Video va ovozli materillarning uzunligi 5 daqiqadan oshmasligi zarur;
– Barcha yozma shakldagi materiallar (kataloglar va hk) bitta PDF faylda boʻlishi kerak;
– Videolar mp4, ovozli materiallar mp3, hujjatlar pdf formatida boʻlishi talab etildi. - Tashkilot shartnomasi (faqat tashkilotlar uchun).
- Oxirgi moliya yili uchun faoliyat hisoboti va moliyaviy bayonot (faqat tashkilotlar uchun).
Grant dasturiga har bir ishtirokchi/tashkilot bir yilda faqat bitta ariza topshirish imkoniyatiga ega.
Topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlarni BU YERDAN yuklab oling.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqida rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan info@kacf.jp. elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.