×

Avstraliya: MBA bosqichlari uchun toʻliq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

31.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3768 marta

Avstraliyaning Queensland University of Technology (QUT) 2021-yilning 2-semestridan (sentabrda) boshlanadigan kurslar uchun MBA BA Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur doirasida QUT Business Schoolning MBA kurslarida ta’lim olishni xohlovchi iqtidorli, yuqori bilimli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash uchun 2 ta grant dasturi taklif etilmoqda.

Grant kimlar uchun?

MBA bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitet MBA kursida oʻqish uchun 2021-yilga 49 400 AUD (taxminan 32 298 USD) kontrakt puli toʻlaydi.

Dastur doirasida talabalarga quyidagi 2 turdagi grant taklif etiladi:

  1. Tuition fee waiver scholarship grantini yutib olgan nomzodga butun oʻqish davri uchun kontrakt summasining 25 foiz, 50 foiz yoki 100 foizi toʻlab beriladi.
  2. Merit scholarship: bunda GMATʼdan 600-699 ball olganlarga 500 AUD (taxminan 326 USD), 700 dan yuqori ball olgan nomzodlarga esa 1000 AUD (taxminan 654 USD) mablagʻ beriladi.

Tuition fee waiver scholarship grantini qoʻlga kiritgan talabaga Merit scholarship taqdim etilmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Grantga barcha mamlakat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod QUT Business School MBA bosqichiga birinchi marta oʻqishga kirgan yoki oʻqish uchun ariza topshirayotgan boʻlishi kerak.
  3. Grant olgan talaba oʻqish davrida GPA 7,0 lik tizimda kamida 5,5 ball koʻrsatkichni saqlab turishi lozim, undan pastga tushib ketsa, grantdan mahrum boʻladi.
  4. Merit scholarship uchun nomzodlar yuqorida koʻrsatilgan GMAT ballariga ega boʻlishi lozim.

Grantlarga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Shuningdek, grant talablaridan tashqari MBA dasturiga qabul qilinishi uchun talablar ham mavjud. Bu talablar quyidagilardan iborat:

  1. Nomzod bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi kerak va baholari oʻrtachasi (GPA) 7 lik tizimda kamida 4,5 (yoki boshqa tizimlarda shu darajaga teng) boʻlishi lozim.
  2. Nomzod kamida IELTS 6.5 (hech bir boʻlim 6 dan past boʻlmasligi kerak) yoki unga teng boʻlgan xalqaro til sertifikatiga ega boʻlishi lozim.
  3. Nomzod GMAT sertifikatiga ega boʻlishi (kamida 550 ball) yoki kamida 3 yillik toʻliq stavkadagi ish tajribasiga ega boʻlishi kerak (ish tajribasi boʻlsa, GMAT kerak emas). Bunda nomzodning oʻqishni bitirgandan keyingi ish tajribasi hisoblanadi, oʻqish davrida ishlagan tajribasi hisobga olinmaydi.
  4. Ikkita ta tavsiyanoma topshirilishi kerak.

MBA dasturiga qabul talablari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hozirda 2021-yilning 2-semestridan (sentabrda) boshlanadigan MBA kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Qabul 2020-yil 31-maygacha davom etadi – bu sana ham MBA dasturi uchun, ham grant dasturi uchun ariza topshirishning oxirgi muddati hisoblanadi.

Merit scholarship uchun alohida ariza topshirilmaydi. MBA dasturiga ariza topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda Merit scholarshipʼga daʼvogar hisoblanadi.

Tuition fee waiver scholarship dasturi uchun alohida ariza topshiriladi. Nomzod mazkur grant uchun quyidagi hujjatlarni MBA arizasiga ilova qilishi lozim.

  • Toʻldirilgan ariza shakli.
  • Sohaga oid koʻnikma va qobiliyatlaringizni tasvirlovchi 1000 soʻzdan kam boʻlmagan insho (personal statement).

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi zarur.

Grantlar uchun qoʻyilgan talablar, baholash mezonlari, kerakli hujjatlar va hujjat topshirish jarayoni bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Savollar yuzasidan gsb@qut.edu.au elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!