×

Buyuk Britaniya: Civil Engineering bakalavriat kursi uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

20.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2727 marta

Angliyaning Gilford shahrida joylashgan University of Surrey navbatdagi Surrey/ICE Scholarship 2020 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning BEng Civil Engineering yoʻnalishidagi bakalavriat bosqichi 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilgacha beriladi. Grantga nomzod a’lochi va salohiyatli, akademik yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim. Grant U.S. Immigration and Customs Enforcement – ICE tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladi. Garnt yutib olgan nomzod tashkilot tashkil etadigan tadbir va  jarayonlarda ishtirok etishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish toʻlovi bakalavriat kurslarida tanlangan kursga qarab farq qiladi va taxminan 21 000 funt-sterlingni tashkil etadi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga kontrakti toʻliq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yilda boshlanadigan BEng Civil Engineering bakalavriat kursiga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Grant uchun a’lo, ya’ni Honors daraja talab qilinadi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,0 boʻlishi kerak.
  5. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation Year diplomi soʻralishi mumkin.
  6. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning 2020-yilda boshlanadigan Civil Engineering  bakalavriat kursrida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza beriladi.  Grant yutishni istagan talabalar 2020-yil 20-martgacha hujjat topshirishlari maqsadga muvofiq.

Ariza topshirish uchun quyidgilar amalga oshiriladi:

  1. How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  2. Kurslar roʻyxatidan Civil Engineering kursini tanlang.
  3. UCAS tizimi orqali ariza bering.
  4. Ariza koʻrib chiqilishi uchun 100 funt-sterling badal toʻlang.
  5. Grantga ariza berish. Grantga arizani: shu yerda to’ldirib, dedlayngacha topshiring.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar Honors/A daraja boʻlishi lozim.
  • Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation kursi diplomi soʻralishi mumkin.
  • Ingliz tilidan IELTS/TOEFL sertifikati. IELTS kamida 6,0 boʻlishi kerak.
  • Moliyaviy ahvolingiz yoki stipendiya/grant haqida maʼlumotnoma.
  • Pasport nusxas
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: icescholarship@surrey.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!