Reach Out to Asia (ROTA) dasturi Education Above All (EAA) Foundation Jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan. Dastur mahalliy va butun dunyo yoshlarini jamiayatdagi muammolarni hal erish va dunyoni rivojlantirish yoʻlida birlashtiruvchi konferensiya hamda tadbirlar tashkil etadi va oʻtkazadi. ROTA dasturi Qatarning Doha shahrida 2019-yilning 21-24-noyabr kunlari oʻtkazilishi moʻljallanayotgan MENA Youth Capacity building in Humanitarian Action (MCYHA) 2019 xalqaro yoshlar konferensiyasiga arizalar qabul qilmoqda. Konferensiya Dohadagi Qatar National Convention Centre (QNCC) da boʻlib oʻtadi va unga 150 nafar ishtirokchi saralab olinadi. Shu ishtirokchilardan 100 nafarini chet ellik yoshlar tashkil etishadi. Konferensiya davomida motivatsion nutqlar, amaliy mashgʻulotlar, madaniy tadbirlar, turli chiqishlar va shu kabi qiziqarli tadbirlar boʻladi.
Bu yilgi yoshlar konferensiyasining mavzulari quyidagicha:
- Dimensions of Humanitarian Action
- Provision of Education as a humanitarian response
- Climate change and nature caused disaster- droughts, famines, floods, typhoons, volcanoes.
- Influencing and advocacy in humanitarian action- (Media and humanitarian work, Humanitarian diplomacy and conflict resolution, National and multilateral humanitarian influencing, WHS)
- Youth engagement and innovation in humanitarian work: volunteerism, social media and use of technology in Humanitarian action.
Grant kimlar uchun?
16-32 yoshdagilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Konferensiya qatnashcilarining konferensiyada istirok etishlari uchun barcha xarajatlari, jumladan: aviachipta, yashash, ovqatlanish, turar joy sarflari toʻliq qoplanadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzodlar 16-31 yoshda boʻlishlari kerak.
- Konferensiyaga maktab oʻqituvchilari, yoshlar harakati tashkilotlari, yoshlar tashkilotlari, oliygohlarning talabalar bilan shugʻullanuvchi boʻlimlari hodimlari va a’zolari va yoshlar aktivistlari ham qabul qilinadilar.
- Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlari talab etiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga ariza topshirish 2019-yil 16-sentabrgacha.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Avval onlayn roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi.
- Roʻyxatdan oʻtish jarayonida ariza toʻldiring va tizimga yuklang.
- Shuningdek, Humanitarian Action / Activity Form, Learning Need Assessment Form, Code of Conduct, Undertaking hujjatlarini hammasini toʻldiring va imzo qoʻyib, tizimga yuklang.
- Pasport skan nushasini ham yuklash kerak.
Nomzodlarni saralash toʻldirilgan hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. Dastlabki saralashdan oʻtgan nomzodlarga 7-oktabrda elektron pochta orqali xabar beriladi va kelgusidagi ma’lumotlar haqida ogohlantiriladi hamda yoʻriqnoma beriladi. Batafsil ma’lumot: shu yerda.
Bogʻlanish: shu yerda.