×

Shvetsiya: Chalmers Texnologiya universiteti magistratura kurslarida tahsil olish uchun 75% grantlar


Grant

MUHLAT

15.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

2447 marta

Shvetsiyada joylashgan Chalmers Texnologiya Universiteti 2020-yilgi Avancez Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar shu universitetda oʻqitiladigan magistratura kurslarga kontraktga oʻqishga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun ajratilgan.

Mazkur grant Shvetsiya Oliy Ta’lim Konsulligi tomonidan ta’sis etilgan. Avancez Scholarships Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodir Hududi davlatlaridan boʻlmagan iqtidorli talabalarning oʻqishini moddiy jihatdan yengillashtirishni maqsad qilgan bir nechta grant dasturlaridan biri hisoblanadi. Chalmers dagi magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumot bilan shu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabalarga Chalmers universitetidagi istalgan magistratura kursida oʻqish  uchun kontraktdan 75% chegirma qilinadi.

Grant talaba oʻqishni bitirgunicha beriladi, agar talaba a’lo baholarga oʻqisa chegirma grant miqdori 85% ga chiqariladi. Grant kurs uchun toʻlanishi kerak kontrakt miqdoridan toʻgʻridan-toʻgʻri chegirib qolinadi, talabaning oʻziga berilmaydi. Kurslar uchun kontrakt toʻlovlari haqida ma’lumot shu yerda keltirilgan.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Iqtisodiy Hududi davlatlari fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod Chalmer universiteti magistratura kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirgan boʻlishi va tizimda Chalmer universitetini oʻzining asosiy tanlovi sifatida belgilagan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ariza tolovini ham amalga oshirgan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kurslar uchun ingliz tilini bilish darajasiga qoʻyilgan minimal talab IELTS 6.5.
  5. Kursga qabul uchun: Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi zarur.
  6. Nomzod oʻqigan bakalavr kursi va u hujjat topshirayotgan magistratura kursi bir-biriga bogʻliq boʻlishi zarur.
  7. Grant baholar va akademik yutuqlarga asoslangan holda taqsimlanadi, shuning uchun nomzodning baholari a’lo boʻlishi maqsadga muvofiq.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet magistraturasida oʻqish uchun beriladi. Shu sababli avval magistratura kursiga hujjat topshirish kerak. Hujjatlar 2020-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi. Dedlayn muddatlari bilan: shu yerda tanishing.

Kursga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avancez grantini yutib olish uchun onlayn ariza topshiriladi. Lekin bu ariza ochiq aksesda turmaydi, ya’ni onlayn ariza havolasi soʻrovga asosan tarqatiladi.
  2. Grant yutish istagida boʻlsangiz, oldin Chamers Universiteti magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirib, ariza toʻlovini amalga oshirishingiz kerak.
  3. Oʻqishga hujjat topshirgach, grant uchun ariza havolasini talab qilishingiz mumkin boʻladi.
  4. Kursga hujjat topshirishda sizga abituriyent raqami beriladi. Onlayn airza topshirishda shu raqamni arizaga kiritish juda muhim.
  5. Magistratura kurslariga ingliz tilida ariza topshirish shu yer orqali amalga oshiriladi.
  6. Agar arizani shved tilida topshirmoqchi boʻlsangiz shu yer orqali hujjat topshiring.

Kerakli hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi ilovasi bilan.
  2. Ingliz tilini teste sertifikati.
  3. Qabul uchun maxsus talablarga ega kurslarga hujjat topshirgan nomzodlar bakalavr bosqichida oʻtilgan tegishli kurslarning jadvalii ham taqdim etishlari kerak boʻladi.
  4. Ba’zi yoʻnalishlar uchun “Project Portfolio” ham taqdim etish soʻraladi.
  5. Motivatsion xat.
  6. Passport nusxasi.
  7. Nomzodning ish tajribasini koʻrsatuvchi hujjat (ixtiyori).
  8. Tavsiyanomalar.

Bu hujjatlar haqida batafsil ma’lumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: shu yer yoki shu yerdagi ma’lumotlardan foydalaning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!