×

Stanford University: 12 haftalik rezidensiya dasturi; stipendiya – 12 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

15.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2946 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Stanford University navbatdagi Wayne Vucinich Fellowship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-oʻquv yilida universitetning tanford University Center for Russian, East European and Eurasian Studies (CREEES)da tashkil etiladigan 12 haftalik rezidensiya dasturlarida qatnashish uchun beriladi. Grantlar xorijlik vakillar uchun ajratiladi. Markaziy Osiyo, Rossiya, Kavkaz va Sharqiy Yevropa haqida PhD yoqlagan postdoktor bu grantga ariza topshirishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Markaziy Osiyo, Rossiya, Kavkaz va Sharqiy Yevropa haqida PhD yoqlagan postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga 12 hafta davomida yashash xarajatlari uchun 12 000 USD ajratiladi. Barcha ma’lumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod Markaziy Osiyo, Rossiya, Kavkaz va Sharqiy Yevropa haqida PhD yoqlagan postdoktor boʻlishi kerak.
  3. Nomzod PhD darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod oxirgi 5 yil ichida PhD himoya qilgan boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Rezidensiya dasturiga ariza berish 2019-yil 15-oktabrgacha. Barcha hujjatlar koʻrsatilgan muddatgacha onlayn tarzda topshirilishi kerak.

Hujjatlar tarkibi:

  • Grant dasturiga ariza.
  • Research proposal.
  • CV/resume.
  • Taqdim etiladigan ishdan namuna/work sample.
  • Short proposal.
  • 2 ta tavsiyanoma.

Nomzodlar a’lo baholari, yetakchilik qobiliyati, ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan imkon qadar tez fursatda bogʻlaniladi.

Ma’lumot uchun: creeesinfo@stanford.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!