×

AQSh: Demokratik jamiyat qurish boʻyicha 5 oylik rezidensiya-amaliyot dasturi; yashash xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2071 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining The National Endowment for Democracy (NED) tashkiloti PhD darajasiga ega boʻlgan malakali oʻqituvchilarni 2020-yilgi Reagan-Fascell Fellowship dasturiga taklif etadi. Nomzodlar PhD diplomiga ega hamda lider, jurnalist, ijtimoiy faol soha vakillari boʻlishi va rivojlanayotgan davlatlarda yashashi lozim. Grant 5 oygacha davom etadi. Odatda grant 1-oktabrdan 28-fevralgacha yoki 1-martdan 31-iyulgacha AQShning Vashington shtati, Kolumbiya okrugida boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

PhD darajasiga ega boʻlgan lider, jurnalist, ijtimoiy faol soha vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarning quyidagi xarajatlari qoplab beriladi:

  1. Borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
  2. Yashash xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi.
  3. Bepul turar joy bilan ta’minlanadi.
  4. Tibbiy sugʻurta olib beriladi.
  5. Internet, telefon aloqalari xarajatlari toʻlab beriladi.
  6. Mahalliy transport sarflari qoplanadi.
  7. AQSh boʻylab sayohat/safar xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nozmod rivojlanayotgan davlat fuqarosi boʻlihi kerak.
  • Nomzod kamida PhD diplomiga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod ayni vaqtda demokratik jamiyat qurish muammolari ustida ishlayotgan boʻlishlari kerak.
  • Nomzod soha boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi zarur.
  • Nomzod 5 oy davomida AQShda yashashini kafolatlashi lozim.
  • Nomzod, demokratiya, iqtisodiyot, jamiyat muammolaria oid loyiha taqdim etishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 1-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Dastlab tahkilot onlayn-portalida account ochish kerak.
  2. Shu yerda qanday qilib account ochish haqida yoʻriqnoma berilgan.
  3. Undan soʻng accoutga CV, grant uchun taqdim etayotgan loyihangiz, tavsiyanomalar va oʻzingiz haqingizdagi ma’lumotlarni yuklang.
  4. Barcha ma’lumotlarni ingliz tilida yozing/rasmiylashtiring.

Hujjatlar tarkibi:

  1. CV/resume.
  2. Doktorlik diplomi nusxasi.
  3. Nomzod taqdim etayotgan loyiha.
  4. 8-oktabrgacha tizimga yuklash kerak.
  5. TOEFL/IELTS sertifikati soʻralishi mumkin.

Arizalarni dedlaynga qadar topshirish lozim.

Bogʻlanish uchun: fellowships@ned.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!