×

Shveytsariya: MBA kurslari uchun 30 626 AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

01.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

1243 marta

Shvetsariyada joylashgan IMD Business School oliygohi magistratura talabalarini IMD Business School Merit Scholarships grant dasturida ishtirok etishga taklif etmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2020-yil yanvarda boshlanadigan, biznesni boshqarish yo’nalishidagi (MBA) bir yillik magistratura kurslariga qabul qilingan/qilinadigan yuqori potensialli va favqulotda iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabalarga MBA kursi (1 yillik) uchun 10 000 dan 30 000 Shvetsariya frankigacha (taxminan 10 212 – 30 626 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Oliygohda tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi zarur:

  1. Dasturga dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lgan nomzodlar hujjat topshirishi mumkin. (rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan nomzodlarga ustunlik beriladi).
  2. Nomzod IMD Business Schoolning Master of Business Administration (MBA) yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod oliygoh qabul hay’atiga o’zidagi yuqori potensial va favqulotda kuchli iqtidorni namoyish etishi zarur.
  4. Grantlar 2020-2021 o’quv yili uchun ariza topshirgan eng iqtidorli talabalarga ajratiladi.
  5. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  7. Nomzod egallagan sohasi bo’yicha kamida 3 yillik mehnat tajribasiga ega bo’lishi zarur.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzoddan alohida ariza topshirish talab etilamaydi. IMD Business School oliygohining MBA kursiga qabul qilingan barcha mahalliy va xorijlik talabalar grant uchun nomzod deb hisoblanadilar.

Eslatma: Universitetga hujjatlar har yili 4 martafevral, may, avgust hamda oktabr oylarining 1-kunigacha qabul qilinadi. Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati – 2019-yil 1-oktabr. Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar bilan 2019-yil 11-oktabr kuni suhbat o’tkaziladi. Yakuniy natijalar 2019-yil 31-oktabr kuni e’lon qilinadi.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Onlayn ariza.
  2. IELTS (7.5 ball va undan baland).
  3. GMAT/GRE sertifikati.
  4. Bakalavr diplomi.
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. Baholar/diplom ilovasi.
  7. Passport nusxasi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun: Tel: +41 (0)21 618 0111

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!