×

Kanada: Tadqiqot olib borish uchun 76 079 AQSh dollari bo’lgan grant


Grant

MUHLAT

05.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1622 marta

Kanadaning Toronto shahrida joylashgan CIFAR xalqaro xayriya tashkiloti doktorontura bosqichini tugallagan, mehnat faoliyatini boshlaganiga 5 yildan oshmagan yosh va umidli tadqiqotchilarni CIFAR Azrieli Global Scholars Programm grant dasturiga ariza berishga taklif etadi. Dasturda dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lgan tadqiqotchi-olimlar ishtirok etishlari mumkin. Grant dasturi tabiiy, biologik, tibbiy hamda ijtimoiy yo’nalishlar bo’yicha 2 yillik tadqiqotlari olib borishni nazarda tutadi.

Eslatma: dasturning bu yilgi asosiy mavzular ro’yxati hali e’lon qilinmagan. Ammo oldingi yillarning asosiy mavzulari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Aniq va ijtimoiy yo’nalish tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda g’olib bo’lgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Tadqiqotchiga 2 yillik tadqiqot olib borishi uchun jami 100 000 Kanada dollari (taxminan 76 079 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ ajratiladi.
  2. CIFAR Azrieli Global Scholars Programm dasturida qatnashayotgan tadqiqotchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati.
  3. CIFAR tadqiqot dasturi doirasidagi katta ilmiy xodimning murabbiyligi ostida tadqiqotlar olib borish.
  4. Yetakchilik va kommunikatsiya malakalarini oshirish bo’yicha maxsus treningda ishtirok etish va orttirilgan ko’nikmalarni hayotga tatbiq etish.
  5. CIFAR Azrieli Global Scholars Programm dasturida qatnashayotgan tadqiqotchilar bilan bo’ladigan har yilgi uchrashuvlarda qatnashish imkoniyati.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod PhD bosqichini tugallab, mehnat faoliyatini boshlaganiga 5 yildan oshmagan tadqiqotchi-olim bo’lishi zarur.
  3. Nomzod natural, biomedical and social sciences, humanities yoki shunga yaqin sohalar bo’yicha tahsil olgan, tajribaga ega hamda tadqiqotini davom ettirishni niyat qilgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod o’zi ariza bergan soha bo’yicha tadqiqot olib borishga ishtiyoqmand bo’lishi kerak.
  5. Grant g’oliblari CIFAR tomonidan tashkillashtirilgan yig’in, koferensiya, uchrashuv, trening, mahorat darslari va h.k. larda faol qatnashishlari talab etiladi.
  6. Nomzod tanlagan sohasi bo’yicha vatanidagi oliygoh/institut/tadiqot markazlaridan birida faoliyat olib borayotgan bo’lishi zarur.
  7. Tadqiqot dasturi davomida ishtirokchilar bevosita o’zlari yashaydigan mamlakatda, oldin faoliyat olib borgan ish joylarida tadqiqotlarini davom ettiradilar.
  8. Postdoktorantura tadqiqotchilari dasturda ishtirok eta olmaydilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar qabuli 2019-yil 4-dekabrda 2020-yil 5-fevralgacha davom etadi. Arizalar shu yer orqali qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayoniga oid savollar bilan global.scholars@cifar.ca manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar 2020-yil iyun oyida Kanadaning Toronto shahrida bo’lib o’tadigan suhbatga taklif etiladilar.

Grantga nomzodlar ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, yetakchilik qobiliyati, kelajakdagi rejalari kabi me’zonlar asosida saralanadilar. Dasturga hujjat topshirish tartibi va talablari bu yerda berilgan.

Natijalar suhbatdan so’ng qisqa muddat ichida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun:

Tel.: + 416-971-42-51

E-mail: global.scholars@cifar.ca

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!