Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda talabalar orasida Oʻzbekistonda davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish boʻyicha birinchi “mGovAward” respublika tanlovi eʼlon qilindi.
“mGovAward” tanlovida ishtirokchilar Oʻzbekistondagi mavjud muammolardan birini hal qilishga yordam beradigan mobil ilova yaratishlari kerak boʻladi.
Talabalar 5 yoʻnalishda oʻzlarini sinab koʻrishlari mumkin:
- Taʼlim;
- Sogʻliqni saqlash;
- Turizm;
- Transport va logistika;
- Biznes va G2B.
Tanlovning asosiy mezonlari: ilovaning samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda oddiyligi.
Tanlovga arizalarni qabul qilish joriy 26-sentyabrda AKT haftaligi doirasida boshlanadi.
Tanlovning mukofot jamgʻarmasi – $100,000:
1-oʻringa – $50,000;
2-oʻringa $30,000;
3-oʻringa $20,000.
Shuningdek, gʻoliblar Birlashgan Arab Amirliklariga bepul sayohat va IT-Park inkubatsiya dasturida bevosita qatnashish huquqini qoʻlga kiritadilar.
2019-yil 26-sentyabrda “Oʻzekspomarkaz” MKK AJda boʻlib oʻtadigan “mGovAward” konferensiyasida tanlov haqida toʻliq maʼlumot beriladi. Konferensiyada ishtirok etish uchun SHU YERDA roʻyxatdan oʻtish lozim.
Tanlov veb-sayti: www.mgovaward.uz
Manba: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy telegram kanali