×

Germaniya: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

31.01.2025

QOLGAN VAQT

40 kun

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

16941 marta

Germaniyada joylashgan DESY tadqiqot markazi fizika,  fizikaga aloqador tabiiy fanlar yoki hisoblash (computing) sohasida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalariga Gamburg yoki Zeuthen shahrida joylashgan laboratoriyalardagi tadqiqot mashgʻulotlarida qatnashish imkonini beruvchi Summer Student Program dasturini taklif qiladi.

2025-yilgi dastur 21-iyuldan 11-sentbrgacha davom etadi. Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Ushbu dastur 2 qismdan iborat: ish loyihalari va maʼruzalar.

1. Ish loyihalari: dastur uchun saralab olingan talabalar DESY tadqiqot guruhlarining kundalik ish jarayoniga qoʻshiladi hamda ushbu mashgʻulot (loyha)lardan birida qatnshadi.

2. Maʼruzalar: Talabalar DESY markazidagi ilmiy tadqiqotga oid bir qator maʼruzalarda ham ishtirok etadi. Maʼruzalar ingliz tilida boʻladi. Onlayn amaliyot oʻtayotganlar ushbu maʼruzalarga onlayn tazrda qatnashadi.

Ushbu dasturga har yili taxminan 100 kishi qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Oflayn ish loyihalarida qatnashuvchi talabalar quyidagi moddiy va boshqa imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Yashash xarajatlarini qoplash uchun stipendiya beriladi.
  • Bepul yotoqxona taʼminlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Rossiya va Belarusiyada joylashgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, qaysi davlat fuqarosi boʻlishidan qatʼi nazar, bu dasturga topshira olmaydi. Boshqa istalgan mamlakatdagi OTMda tahsil olayotgat talabalar topshirishi mumkin.
  • Nomzod 2025-yilning yozida bakalavriatning kamida 3 yilini (kursini) bitirgan boʻlishi kerak hamda universitetda toʻliq asosda (full-time) oʻqiydigan talaba boʻlishi kerak.
  • Magistraturada tahsil olayotgan talabalar ham topshira oladi. Magistrlik diplomiga ega yoki 2025-yilning yozida magistrlik diplomini oladigan nomzodlar ariza topshira olmaydi.
  • Talaba fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar mutaxassisliklari yoki hisoblash (computing) sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
  • Talaba DESY markazidagi amaliyot davomida oʻzi oʻqiyotgan universitet talabalari safida boʻlishi kerak (yaʼni Oʻzbekiston holatida hozirda bakalavriat yoki magistraturaning oxirgi bosqichida oʻqiyotgan talabalar ariza topshira olmaydi).
  • Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi va hisoblash (computing) sohasida fundamental bilimlarga ega boʻlishi kerak.
  • Bundan avval DESY yozgi amaliyot dasturida qatnashganlar ariza topshira olmaydi.
  • Talabalar amaliyot dasturining boshidan oxirigacha mashgʻulotlarda qatnashishi kerak (haftasiga 39 soat markazda ishlanadi).

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar 2025-yil 31-yanvargacha onlayn tarzda topshiriladi. Arizani BU YERDA toʻldirish mumkin.

Ariza topshirishga kirishishdan oldin BU YERDAGI mashgʻulotlari (loyihalar) bilan tanishib chiqing. Ariza topshirishda ulardan 3 tasini ustuvorlik asosida koʻrsatishingiz mumkin..

Onlayn ariza shakliga quyidagi hujjatlar PDF formatda yuklanishi kerak boʻladi:

  • Quyidagi 2 ta hujjat bitta PDF faylda taqdim etilishi kerak:
    – CV (1-2 bet)
    – Universitetda olingan baholar
  • Shuningdek Yevropa Ittifoqi (EU) yoki Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududiga (EEA) aʼzo boʻlmagan mamlakatlardan boʻlgan nomzodlar yana bitta PDF faylda quyidagi hujjatlarni ham ariza shakliga yuklashi kerak:
    – Xorijga chiqish pasporti nusxasi
    – Talabalik haqida maʼlumotnoma. Bu talaba hozirda tahsil olayotgan universitet tomonidan beriladi va unda talaba joriy universitetini qachon bitirishi kutilayotgani koʻrsatilishi kerak.
  • Talaba sifatida roʻyxatga olinganlik haqidagi maʼlumotnoma. Bu hujjatni universitetning masʼul shaxsidan imzo va muhrlatib olish kerak. Bu hujjatning tayyor shakli boʻlib, shu shakl yuklab olinadi va toʻldiriladi. Shaklni BU YERDAN yuklab oling.

Hujjatlar ariza shaklining 2-sahifaga yuklashi lozim.

Shuningdek, 2 nafar tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlari ham kiritilishi kerak. Bundan tashqari, maksimal 1000 ta belgidan iborat motivatsiya xatini ham yozish kerak.

Nomzodlar topshirgan arizalari asosida saralab olinadi va ariza topshirgan barcha nomzodlarga aprel oyi oxirida arizasi natijasi haqida email orqali xabar qilinadi.

Hujjatlar va ularning taʼrifi, ariza topshirish jarayoni haqidagi batafsil maʼlumotni BU YERDAN olishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan summie-org@desy.de elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!