Shotlandiyada joylashgan Glasgow Cladonian University 2020-yilgi New to GCU grant dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dasturga universitetda oʻqitiladigan magistratura yoki PhD kurslari (postgraduate)da tahsil olishni xohlovchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Oʻqish 2020-yilning yanvaridan boshlanadi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura yoki PhD (postgraduate) bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur nomzodning koʻrsatkichlari va qobiliyatiga qarab kontrakt summasidan 3 600 funt-sterling chegirma qiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod Glasgow Caledonian Universityda oʻqitiladigan magistratura yoki PhD kurslari (postgraduate)ga hujjat topshirishi va qabul qilishi lozim.
- Nomzod Shotlandiyada hayot kechirish uchun zarur xarajatlarini oʻzi qoplay oladigan darajada boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga (IELTS) ega boʻlishi kerak. IELTS uchun qoʻyilgan minimum talab umumiy 6 ball va hech qaysi boʻlim 5.5 dan past boʻlmasligi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning magistratura yoki PhD (postgraduate) kurslarida oʻqish uchun beriladi. 2020-yildan boshlanadigan kurslar uchun dedlayn – 2019-yil 7-oktabr. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi, oʻqishga topshirilgan hujjatlar kifoya.
Hujjat topshirish quyidagacha amalga oshiriladi:
- Avval universitetga oʻqishga kirish lozim. Buning uchun dastlab shu yerdan kerakli kursni tanlang.
- How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
- Shu yerda ingliz tili talablari bilan tanishing.
- Shu yerdan onlayn tarzda ariza topshiring.
Kerakli hujjatlar:
- Toʻldirilgan ariza.
- Bakalavr diplomi va ilovasi.
- CV/resume.
- Ingliz tili sertifikati.
- Tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha GRE/GMAT/LSAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
- Research proposal talab qilinishi mumkin.
Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar qisqa muddat ichida elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: shu yerga murojaat qilishingiz mumkin.