×

Qirgʻiziston: Magistratura kurslari uchun toʻliq grant; oylik stipendiya – 300 yevro; transport va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi; Yevropada amaliyot oʻtash imkoni beriladi; joy – 60 ta!


Grant

MUHLAT

20.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

3573 marta

Qirgʻizistonning Bishkek shahrida joylashgan OSCE Academiy in Bishkek  oliygohida oʻqitiladigan Politics and Security (Siyosat va Xavfsizlik) hamda Economic Governance and Development (Iqtisodiy Boshqaruv va Taraqqiyot) magistratura kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Siyosat va Xavfsizlik kursida talabalar xalqaro aloqalar, siyosat va xavfsizlik yoʻnalishlarida eng muhim bilimlarni oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Iqtisodiy Boshqaruv va Taraqqiyot kursida esa talabalarga iqtisodiyot, boshqaruv va taraqqiyot yoʻnalishlarida bilim beriladi. Har ikkala kursga 2020-yil 1-sentabrdan boshlanadigan dastur uchun 60 ga yaqin talaba qabul qilish rejalashtirilgan. Har bir magistratura kursi 16 oy davom etadi. Kurslarga talabalar Oʻrta va Markaziy Osiyo davlatlaridan saralab olinadi.

Har ikkala magistratura kurslari uchun toʻliq grantlar ajratilgan boʻlib, bu grantlardan maqsad talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Grantlar kurslarga qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

OSCE Bishkek akademiyasi magistratura kurslariga oʻqishga qabul qilingan va grant taqdim etilgan talabalarga quyidagi imkoniyatlar yaratb beriladi:

  1. Talaba kurs uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
  2. Talabaga 16 oylik kurs uchun har oy 300 yevro stipendiya beriladi.
  3. Nomzodning safar xarajatlari qoplab beriladi.
  4. Nomzodning sugʻurta uchun ketadigan xarajatlari qoplab beriladi.
  5. A’lochi talabalarga keyinchalik Yevropada amaliyot oʻtashlari uchun grant mablagʻi ham beriladi.

Talablar:

 Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston, Moʻgʻuliston va Oʻzbekiston davlatlaridan birining fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod oʻzi hujjat topshirayotgan kurs yoʻnalishiga yaqin sohada bakalavr diplomiga ega boʻlishi va baholari a’lo boʻlishi kerak.
  3. Nomzodnign yoshi 2020-yil 1-sentabr holatiga koʻra 35 yoshdan oshmagan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak. Agar nomzod TOEFL yoki IELTS sertifikatiga ega boʻlsa, shu sertifikat nusxalarini arizaga qoʻshib topshirishi mumkin, lekin keyinchalik baribir ingliz tili imtihoni universitetning oʻzi tomonidan olinadi, shuning uchun til sertifikati taqdim etish majburiy emas.

Grantga oid barcha talablar hamda toʻliq ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistratura kurslariga hujjatlar onlayn ariza koʻrinishida qabul qilinadi. Dedlayn – 2019-yil 20-dekabr.

Politics and Security kursiga hujjatlar shu yerda, Economic Governance and Development kursiga arizalar esa shu yerda qabul qilinadi.

Topshirilgan arizalar ilk saralashdan oʻtgach, nomzodlar yozma imthondan oʻtishlari kerak boʻladi. Bu imtihonda ingliz tili yozma imtihoni, variantli test va sohaga oid insho yozish kerak boʻladi. Bu imtihonlardan muvaffaqqiyatli oʻtgan nomzodlar keyinchalik suhbat asosida kursga qabul qilinadilar.

Kursga qabul natijalari 2020-yil aprel oyida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki quyidagi elektron manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

MA in Politics and Security kursi: MA-PS@osce-academy.net

MA in Economic Governance and Development kurso: MA-EGD@osce-academy.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!