×

Estoniya: Doktorantura tadqiqotchilari va postdoktorlar uchun 5 oylik rezidensiya dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1 500 yevrogacha!


Grant

MUHLAT

14.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Estoniya

O'QILGAN

1954 marta

Yevropadagi peshqadam universitetlardan biri hisoblangan Estoniya Tartu universiteti Universitet chet ellik talabalardan 2020-yilgi OSF Eurasia programme fellowships rezidentlik dasturiga arizalarni qabul qilmoqda. Dastur 2020-yil 3-fevraldan 2-iyungacha besh oy davom etadi. Dasturda doktorlik ishi himoya qilayotgan yoki PhD darajasiga ega boʻlgan nomzodlar qatnasha oladilar. Dastur universitet tarkibidagi Johan Skytte Institute of Political Studiesda boʻlib oʻtadi va Eurasia Programme of the Open Society Foundations koʻmagida moliyalashtiriladi. Dasturga nomzod Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Oʻzbekiston davlatlaridan birining fuqarosi boʻlishi kerak. Dastur “political and societal transition in Eurasia and Eastern Europe” masalalariga yoʻnaltiriladi va nomzodlar quyidagi mavzular doirasida tadqiqot olib boradilar:

  • Democracy, democratization, elections;
  • State- and nation-building, governance, political institutions;
  • E-governance, e-society, e-services, e-voting;
  • Ethnic diversity, minority politics and policies;
  • Political memory, memory politics, transitional justice;
  • Identity, values, public opinion;
  • European integration, including the Eastern partnership; other regional integration projects and initiatives;
  • International relations in Europe and Eurasia;
  • International Political Economy of Transition;
  • Energy regimes;
  • Sovereignty, security and international order;
  • Frozen conflicts and de facto states in Eurasia;
  • Baltic transition and reform experiences.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar va doktoranturada oʻqiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

5 oylik dastur davomida qatnashchilarga  OSF Eurasia dasturi doirasida:

  • safar xarajatlari;
  • aviachipta ;
  • turar joy;
  • oziq-ovqat;
  • tibbiy sugʻurta;
  • viza kabi barcha xarajatlar

Yuqoridagi sarflar uchun doktorantlarga oylik 1 200 yevro, postdoktorlarga esa 1 500 yevro stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Oʻzbekiston davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Oʻzbekiston roʻyxatga kiritilgan.
  2. Nomzod ijtimoiy fanlar sohalaridan birida (siyosiy fanlar yoki xalqaro aloqalar sohalaridan boʻlsa yana yaxshi) doktoranturada oʻqiyotna yoki PhD ishini himoya qilgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi, ingliz tilida yozish va ma’ruza oʻqish koʻnikmalariga ega boʻlishlari zarur.
  4. Tadqiqot ishi jamoaviy/ommaviy/ijtimoiy ishlar, muammolarni hal etishga, jamiyat manfaatlariga, oʻz yurtida rasizm, genderlik yoki shovinizm kabi ajratishlarga uchragan shaxslarga yoʻnaltirilgan nomzodlarga koʻproq imkon beriladi. Shuningdek, Yevropada avval tadqiqot olib borgan va shu kabi dasturlarda qatnashgan/yashagan nomzodlarning grant yutish imkoni kamroq.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 14-noyabrgacha qabul qilinadi. Hujjatlarni elektron shaklda dedlaynga qadar  eurasiafellows@ut.ee elektron manziliga joʻnatish kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Yoʻllanma xat. Unda motivatsion xatning mazmunini ham aks ettirish lozim. Xatning hajmi 1 betgacha boʻlishi kerak.
  3. 3 betgacha research proposal.
  4. CV/resume. Barcha ma’lumotlar toʻliq yozilishi va nashr ishlari koʻrsatilishi kerak.
  5. Doktoranturada oʻqiyotganlar OTM rahbariyatidan doktoranturaga qabul qilinganlik va/yoki kursni qanday natojalar bilan tamomlaganlik haqida ma’lumotnoma topshiradilar.
  6. Rasport nusxasi.
  7. Qoʻshimcha sifatida ingliz tili sertifikati soʻralishi mumkin.

Qabul komissiyasi nomzodlar bilan telefon yoki Skype orqali suhbat oʻtkazadi.

Natijalar dedlayndan 3 hafta oʻtib xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: eurasiafellows@ut.ee manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!