Fransiyaning Lion shahrida joydashgan Université de Lyon navbatdagi Étudiants: Bourses D’excellence dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi Lion universiteti tarkibidagi matematika va nazariy informatika boʻyicha ilgʻor tajribalar Markazi, ya’ni MILYON – LabExda tahsil olishni istagan talabalar uchun tashkil etilgan. Grant 10 oyga moʻljallangan. Grant yuqori salohiyatli tadqiqotchilarga moliyaviy yordam koʻrsatish uchun beriladi.
Grantga nomzod ta’lim ingliz yoki fransuz tilida olib boriladigan quyidagi litsenzion kurslar yoki magistratura yoʻnalishladan birida oʻqishi kerak:
Litsenzion kurslar: Matematika va informatika:
- L3 Mathématiques fondamentales
- L3 Mathématiques générales et applications
- L3 Informatique fondamentale
Magistratura: Matematika va informatika:
- Master Mathématiques Avancées (M1 et M2)
- M2 Maths en Action : de la conception à l’innovation
- M1 Mathématiques Générales
- Master 1 Mathématiques Appliquées, Statistiques
- Master Informatique Fondamentale (M1 et M2)
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- 10 oy davomida oylik 1000 yevro stipendiya beriladi.
- 10 oy davomida Lion-Sent-Etyen hududida oʻqish uchun oyiga 1000 yevro miqdorida mablagʻ ajratiladi.
Stipendiya oʻqish pulini qisman qoplaydi. Qolgan kontrakt summasini talabaning oʻzi toʻlashi kerak.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Istalgan davlat fuqarosi bu grantga ariza bera oladi.
- Nomzod yuqorida koʻrsatilgan litsenzion kurslar yoki magistratura dasturlaridan birining birinchi yoki ikkinchi kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
- Fransuz tilidagi dasturga hujjat topshirgan nomzod fransuz tilida kamida B2 darajaga ega boʻlishi talab etiladi;
- Ingliz tilidagi dasturga hujjat topshirgan nomzod esa IELTS 6,0-6,5 darajasiga ega boʻlishi kerak.
Stipendiya dasturida ishtirok eta oladigan magistratura dasturlari toʻgʻrisida: shu yerda batafsil tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil oktabr oyi oʻrtalaridan boshlab taxminan 2020-yil 10-yanvarga qadar qabul qilinadi.
Ariza topshirish onlayn tarzda shu yerdagi Remplir Le Formulaire De Candidature sahifasi orqali amalga oshiriladi.
Kerakli hujjatlar:
- CV/resume. 2 betdan oshmagan hajmda boʻlishi kerak.
- Motivatsion xat.
- Diplom va baholar varagʻi/diplom ilovasining skaner nusxasi.
- Oxirgi yillar davomida oʻtilgan kurslar haqida maʼlumot.
- Ikkita tavsiyanoma.
- Nomzod tanlangan mutaxassislik uchun qabul qilingan barcha talablarga toʻliq mos boʻlishi lozim.
Nomzodlar a’lo baholari, motivatsion xati, salohiyati kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Natijalar 2020-yilning fevralida e’lon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: carine.sevestre@universite-lyon.fr manziliga murojaat qiling.