Shvetsiyaning Erebru shahrida joylashgan Örebro University 2024-yildan boshlab oʻqish uchun Örebro University Scholarship dasturini taklif qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi Yevropa Ittifoqi, Yevropa Iqtisodiy Hududi hamda Shveysariyadan boshqa davlatlar vakillari uchun moʻljallangan. Grant ushbu universitetdagi istalgan magistratura dasturida tahsil olish uchun taqdim etiladi.
Magistratura dasturlari bilan BU YERDA tanishish mumkin.
Bu grant har yili kamida 4-5 kishiga taqdim etiladi.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitet magistratura kursining kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Toʻliq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan oling.
Grant yutib olgan nomzodlarning oʻqish puli toʻliq yoki qisman qoplanadi.
Grant yashash xarajatlarini qoplamaydi, shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.
Talablar:
Nomzodga quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Yevropa Ittifoqi, YEIH va Shveytsariyadan boshqa barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Afgʻoniston fuqarolari ham topshira oladi).
- Nomzod Universityadmissions.se tizimida magistrlik dasturiga ariza topshirishda Örebro universitetini ustuvorlik boʻyicha 1-universitet sifatida belgilashi kerak.
- Örebro universiteti magistrlik dasturiga hujjat topshirgandan keyin unga qabul qilinishi kerak.
- Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilish va aksariyat dasturlarda kamida IELTS 6.5 darajasiga ega boʻlish talab etiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Örebro universitetinining magistrlik dasturlariga hujjatlar 2024-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi. Grantga arizalar esa, magistratura dasturiga qabul qilingandan keyin, 2024-yil mart oyi oxirlaridan aprel oyi boshlarigacha ariza topshiriladi.
Magistraturaga hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:
- Oʻqishga kirih uchun dastlab shu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishing.
- Shu yerdan mos keladigan kursni tanlang va unga hujjatlaringizni topshiring.
- Magistraturaga qabul qilinsangiz, qabul qilinganingiz haqidagi xat bilan birga ushbu grant uchun ariza shakli ham email orqali yuboriladi (2024-mart oyi oxirgi yoki aprel oyi boshlarida). Shu ariza shaklini toʻldirib, topshiring.
Grantga ariza berish jarayonida quyidagicha ma’lumotlar taqdim etiladi:
- Motivatsiya xati (1 bet).
- CV (1 bet).
- Kamida 2 ta tavsiyanoma (1 betdan).
Ushbu hujjatlar bitta PDF faylga birlashtirilgan holda yuborilishi kerak. Bu fayl hajmi 4 MB dan oshmasligi lozim.
Nomzodlar akademik malakasi, tanlagan mutaxassisligiga loyiqligi, universitetda oʻqish ishtiyoqi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Stipendiatlar 2024-yilning may oyida elektron pochta orqali ogohlantiriladilar.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqida rasmiy maʼlumotlar bilan tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan internationalmasters@oru.se elektron pochta manziliga murojaat qiling.