×

Gollandiya: Magistratura bosqichlarida oʻqish uchun 5 000 yevro grant


Grant

MUHLAT

01.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1258 marta

Gollandiyada joylashgan The Eindhoven University of Technology magistraturada oʻqishni xohlovchi xalqaro talabalardan 2020-yilgi Holland Scholarship for International students dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Nomzod universitetda mavjud boʻlgan barcha magistratura kurslarida tahsil olish ni istagan talabalar uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 5 000 yevro chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan vakillar ariza topshira oladi.
  • Nomzod xorijiy talaba boʻlishi lozim.
  • Nomzod 2020-yilning 1-fevraliga qadar magistrlik dasturlaridan biriga kerakli boʻlgan barcha hujjatlarni topshirib boʻlishi kerak.
  • Nomzodning bakalavrlik davrida olgan baholari 100 foizlik tizimda kamida 75-80 foiz boʻlishi lozim.
  • Nomzod oʻzi tanlagan magistrlik darajasi uchun belgilangan shartlar va til talablariga mos boʻlishi kerak. Magistrlik dasturlari uchun IELTS kamida 6.5 va har bir boʻlim kamida 6 boʻlishi, TOEFL internet-based test kamida 90 va barcha boʻlimlar kamida 21 boʻlishi kerak.
  • Nomzodning viza olishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar boʻlmasligi kerak.
  • Boshqa tashkilot tomonidan toʻliq grant yutib olmagan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish 2020-yil 1-fevralgacha amalga ohirilishi maqsadga muvofiq.

  • Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. Universitetdagi magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirgan nomzod avtomatik tarzda Holland Scholarship grantiga nomzod sifatida koʻrib chiqiladi.
  • Nomzod tomonidan hujjat topshirgan magistratura boʻlimi eng yaxshi koʻrsatkichga ega nomzodlar hujjatlarini grant komissiyasiga topshiradi.
  • Nomzodlar orasidan eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlganlariga grant komissiyasi tomonidan nomzodning iqtidori va qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan savollardan iborat onlayn forma yuboriladi.
  • Onlayn forma toʻldirilgach, kimlarga grant berilishi masalasi hal qilinadi.

Natijalar 2020-yilning may oyida e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: info@tue.nl manziliga murojaat qiling. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!