×

Buyuk Britaniya: MBA kursida tahsil olish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

06.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1534 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Imperial College London tarkibidagi Imperial College Business School 2020-2021-oʻquv yili uchun navbatdagi The Riley Family Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar 2020-yil fevraldan boshlab universitetda oʻqitiladigan MBA kursiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi. Grantga nomzod a’lochi, salohiyatli, liderlik qobiliyatiga ega, ijtimoiy faol va GMAt baholari yuqori boʻlishi lozim.

Grant kimlar uchun?

MBA bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

MBA kursining kontrakt toʻlovi 2020-2021-yil uchun 53 500 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt toʻliq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yildan boshlab universitetda oʻqitiladigan MBA kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  4. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  5. Nomzod a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, liderlik qobiliyatiga ega, kirishimli, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  7. Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar 2:1 boʻlishi lozim.
  8. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.
  9. Nomzod ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.

Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning MBA kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Grant va kursga hujjat topshirish 2020-yil 6-martgacha amalga oshiriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi, oʻqishga topshirilgan hujjatlar kifoya qiladi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. MBA kursi sahifasiga kiring.
  2. Avvalo sahifadagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  3. Barcha kirish talablari bilan ham tanishing.
  4. Kurs sahifasidan ariza va soʻralgan hujjatlarni topshiring.
  5. Agar hujjatlaringiz dastlabki saralashdan oʻtsa, ariza topshirgan muddatingizga qarab, sizni suhbatdan oʻtish uchun taklif etishadi.
  6. Arizaga esse va GMAT imtihoni sertifikatini ham ilova qilish kerak. Grant yutishni istasangiz, ularni 2020-yil 6-martgacha joʻnatish lozim.
  7. Savollar yuzasidan shu yerga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar a’lo/2:1 boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • GRE/GMAT sertifikati.
  • CV/resume. Ishlaganlik haqida ma’lumot (ish tajribasi)ni ham rezumening ichiga yozish kerak.
  • Personal statement.
  • Career planning esse.
  • Written work/yozma ish: oʻzingiz haqingizda CVga va arizangizga kiritilmagan ma’lumot yozish kerak.
  • 2 ta tavsiyanoma beruvchi shaxslarning kontakt ma’lumotlari.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin.

Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Natijalar imkon qadar tez fursatda eʼlon qilinadi.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!