×

Angliya: Magistratura talabalari uchun uchun 50 foizgacha grantlar


Grant

MUHLAT

11.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1485 marta

Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida joylashgan Nottingham Trent University magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun bir qancha grantlar taqdim etadi. Ushbu grantlardan maqsad – iqtidorli talabalarni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nottingham Trent University magistratura kursining bir yillik oʻqish haqi  bir yil uchun taxminan 15 500-17 000funt-sterling.

  1. Postgraduate Masters Scholarships. Grant NTU Academic Schools tomonidan taqdim etilgan. 2020-yil yanvarda boshlanadigan kunduzgi magistratura yoʻnalishlarining barcha chet ellik ishtirokchilari uchun moʻljallangan boʻlib, odatda talabaning oʻqish pulini qisman: 25% yoki 50%
  2. International Scholarships. Ushbu grant 2020-yil yanvarda boshlanadigan kunduzgi magistratura yoʻnalishlarining barcha chet ellik ishtirokchilari uchun moʻljallangan boʻlib, talabani 2000 funt-sterling pul mablagʻi bilan taʼminlaydi.

Barcha magistratura dasturlari haqida maʼlumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. YeIga kirmaydigan barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr farajasiga ega boʻlishi kerak. Bu hujjatga talablar Buyuk Britaniya baholash tizimiga mos kelish-kelmasligi universitetning davlatlar sahifasida tekshirib olinishi kerak. Oʻzbekiston bu roʻyxatga kitirilmaganligi uchun, bu haqida aniqlashtirish uchun Xalqaro Rivojlanish Byurosiga murojaat qilinadi.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Grant uchun IELTS 6,0-6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 5,5) ball talab qilinadi.
  4. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Grantga first class yoki honors baholar kerak boʻlishi mumkin.
  5. Aniq fanlar boʻyicha kurslarga hujjat topshirgan nomzoddan GMAT/GRE/GCSEs sertifikatlari soʻraladi.

Topshiriladigan hujjatlar tanlangan yoʻnalishlarga koʻra farq qiladi. Chet ellik taabgorlar uchun barcha talablar haqida: shu yerda tanishish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 14-oktabr-11-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Ariza onlayn shaklda: shu yerda toʻldiriladi va international@ntu.ac.uk elektron pochtasiga joʻnatiladi.

Kerakli hujjatlar (taxminan):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/resume.
  3. Bakalavr diplomi va ilovasi.
  4. Ingliz tili sertifikati.
  5. tAVSIYANOMA.
  6. Research proposal soʻralishi mumkin.
  7. GRE/GMAT sertfifkatlari soʻralishi mumkin.

Natijalar 2019-yilning dekabr-yanvarigacha eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: international@ntu.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!