×

Buyuk Britaniya: Magistratura va PhD bosqichlarida oʻqish uchun qisman grant; yillik stipendiya – 18 000 funt-sterlinggacha!


Grant

MUHLAT

02.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2694 marta

Angliyaning Manchester shahrida joylashgan The University of Manchester  2020-2021-oʻquv yili uchun School of Social Sciences – North West Doctoral Training Centre (NWSSDTP/ESRC) – Studentships – 2020  dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet tarkibidagi School of Social Sciencesning quyidagi magistratura va PhD kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan:

  • Criminology
  • Economics
  • Law
  • Politics
  • Social Anthropology
  • Social Statistics
  • Sociology

Grantlar uch-toʻrt  yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga uch-toʻrt yil (kunduzgi boʻlim) 6-8 yil (sirtqi boʻlim) muddatga kontrakt pulini mahalliy talabalar toʻlaydigan qismini qoplab beriladi hamda 15 009-18 009 funt-sterling stipendiya ajratiladi. Batafsil ma’lumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura va PhD yoki magistratura+PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod qaysi grantga talabgorligiga qarab aʼlo bahoga oʻqigan boʻlishi zarur. Grantga a’lo (first class/honors/2:1) yoki ekvivalent talab qilinadi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. IELTS kamida 6,5-7,0 boʻlishi talab qilinadi.
  5. Nomzod bakalavr honors yoki magistr diplomiga ega boʻlishi lozim.

Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan magistratura, PhD yoki magistratura+PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqish va grantga 2019-yil 2-dekabrgacha hujjat topshirish mumkin.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  • Kurs sahifasidagi kirish talablari bilan tanishing.
  • Shu yerda ilmiy rahbar tanlang.
  • Ikkita tavsiyanoma oling. Tavsiyanoma namunasi: shu yerda.
  • Research proposal tayyorlang. Namuna: shu yerda.
  • Viza uchun passport nusxasini tayyorlang.
  • Agar talab qilinsa, personal statementni ham tayyorlash kerak.
  • CV/resumeni ham qoʻshish sedan chiqmasin.
  • Shu yer orqali ariza bering.
  • Agar hujjat topshirish bilan bogʻliq muammo tugʻilsa, pg-admissions@manchester.ac.uk manzilidan aniqlang.
  • Grant boʻyicha savollar bilan esa Barnes@manchester.ac.uk manziliga murojaat qilasiz.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS kamida 6,5-7,0 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Iqtisod yoʻnalishi uchun GRE/GMAT sertifikati.
  • Research proposal.
  • Pasport nusxasi.
  • Personal statement.
  • 2 ta tavsiyanoma.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing. Hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi, tadqiqotchilik salohiyati va tirishqoqligi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Ma’lumot uchun: Vicky.Barnes@manchester.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!