×

Oʻqish bepul universitetlar: Zigen universiteti (Germaniya)


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

29122 marta

CHOP ETILGAN

25.09.2022

Zigen universiteti (University of Siegen) Germaniyaning qadimiy oliygohlaridan biri hisoblanadi. Universitet 1536-yilda tashkil etilgan.

Universitetda ta’lim nemis va ingliz tillarida olib boriladi (bakalavrlik dasturlarining barchasi nemis tilida oʻqiladi). Oliygohda bakalavriat, magistratura va doktorantura kurslari mavjud. Bu universitetda oʻqish bepul.

Ushbu universitet 2022-yil sentabr holatiga koʻra, dunyodagi eng nufuzli oliygohlar roʻyxatida 601-880-oʻrinni egallab turibdi (THE reytingiga koʻra).

Universitet ichki stipendiyalar taklif etmaydi. Ammo bu universitetda DAAD grant dasturlari boʻyicha oʻqish mumkin. Masalan shunday kurslardan biri sifatida Master of Science in Computer Science dasturini koʻrsatish mumkin.

Qancha muddat?

Bakalavriat kurslari 3-4 yil, magistratura 2 yil, doktorantura esa 3-4 yilni tashkil etadi.

Kurslarda oʻqish uchun tanlangan yoʻnalish boʻyicha kirish imtihonlari topshiriladi.

Oʻqish toʻlovi va boshqa xarajatlar qancha?

Yuqorida aytilganiek, universitetda oʻqish bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi. Ammo talabaning boshqa xarajatlari mavjud. Biroq talabalar har semestr 284 yevro 50 sent badal toʻlashi kerak (2022-yil sentabr oyi holatiga koʻra). Busumma ichiga 1 semestr davomida jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqi ham kiradi.

Qanday qilib hujjat topshirish mumkin?

Ariza topshirish muddatlari qaysi bosqich va dasturga topshirishingizga qarab farq qiladi. Qishki semestrdan oʻqishni boshlash uchun aksariyat dasturlarga qabul aprel oyining oxiri, may yoki iyul oyining oʻrtalarigacha davom etadi. Yozgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun esa arizalar odatda noyabr yoki yanvar oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Nemis tili kurslari va nemis tilida oʻqitiladigan bakalavriat, magistratura hamda PhD kurslariga qabul muddatlari bilan BU YERDA tanishing.

Ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik dasturlariga qabul muddatlari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Hujjat topshirish quydagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
  2. Kerakli hujjatlar hamda minimal talablar har bir kursning sahifasida aks ettirilgan. Jarayon haqida batafsil ma’lumot esa: shu yerda.
  3. UNISONO tizimi orqali shu yerda ariza toʻldirishni boshlang. Bunda “ingliz tili” versiyasini tanlash mumkin. Berilgan barcha maydonlarni soʻraglan malumotlar bilan toʻldirish shart. Shundan keyin tizim sizga bosqichma-bosqich hujjat topshirish yoʻriqnomasini joʻnatadi.
  4. Onlayn shaklni toʻldiring.
  5. Shundan soʻng sizga login va parol koʻrsatilgan xabar keladi. Ulardan foydalanib soʻraglan barcha hujjatlarni raqamli formatda tizimga yuklaysiz.
  6. Universitet sizning hujjatlaringizning oʻrnatilgan talablarga huquqiy mosligini tekshiradi.
  7. Talablarga mos deb topilgan nomzodlar barcha hujjatlarining qogʻoz shaklini joʻnatishlari lozim boʻladi.
  8. Keyin bu nomzodlar telefon orqali suhbatdan oʻtadilar.

Kerakli hujjatlar:

  1. Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi (topshirayotgan bosqichingizga qrab farq qiladi).
  2. Diplom ilova/baholarning notarial tasdiqlangan nusxasi.
  3. IELTS/TOEFL sertfikati. Talabga koʻra, TOEFL dan kamida 87 ball, IELTSdan esa kamida 6 ball talab qilinadi. Ta’lim nemis tilida olib boriladigan kurslar uchun esa TestDAF talab qilinishi mumkin.
  4. Magistratura va PhD kurslari uchun CV/resume, research proposal/topic hamda tavsiyanomalar talab qilinishi mumkin.

Shuningdek, topshirayotgan dasturingiz va bosqichingizga qarab, boshqa hujjatlar ham soʻraladi.

Grantlar.uz jamoasi mazkur universitetda tahsil olayotgan hamyurtimiz bilan suhbat qilgan. Suhbatni SHU YERDA oʻqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!