Avstraliyaning Cidney shahrida joylashgan Sidney texnologiya universiteti – University of Technology Sydney 2020-yil fevral-mart oylarida boshlanadigan magistratura kurslari uchun Master of Professional Engineering Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur Engineering and Information Technology fakultetining Master of Professional Engineering program kursi talabalar uchun moʻljallangan. Grant oʻqish muddati tugaguncha beriladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba Master of Professional Engineering kursida oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha har bir kreditga kontrakt puli toʻlaydi. Umumiy toʻlov tanlangan fanlardan yigʻish kerak boʻlgan kreditlar soniga qarab aniqlanadi. Master of Professional Engineering kursidan umumiy 96 kredit toʻplash kerak. Shunga koʻra kontrakt puli haqida batafsil ma’lumotni: shu yerdan oling.
Grant yutib olgan chet ellik nomzod kontrakt pulining 25 foizi toʻlab beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Avstraliya va Yangi Zelandiyadan boshqa barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
- Nomzod grantga ariza topshirayotgan paytda Avstraliyada yashamayotgan va oʻqimayotgan boʻlishi kerak.
- Nomzod Master of Professional Engineering kursi talablariga mos boʻlishi kerak.
- Nomzod kursning kunduzgi boʻlimida oʻqishi kerak.
- Agar nomzod bakalavr bosqichini Avstraliyada tugatgan boʻlsa, grantga shu muddatdan kamida 6 oy keyin ariza berishi mumkin.
- Nomzod Avstraliya hukumatidan stipendiya olmayotgan boʻlishi kerak.
- Nomzod universitetdan boshqa stipendiya olmayotgan boʻlishi lozim.
- Universitetning transmilliy kurslariga oʻqishga kirgan talabalar bu grantga ariza bera olmaydi.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza berish uchun Master of Professional Engineering kursliga ariza topshirishning oʻzi kifoya. Kursga hujjat topshirgan har bir chet ellik talaba grantga talabgor hisoblanadi. Ayni vaqtda 2020-yil fevral-mart oylarida boshlanadigan kurslar uchun arizalar qabul qilinmoqda. Hozir eng yaqin dedlayn – 2019-yil 30-noyabr.
Oʻqishga kirishga ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Dastlab, kurslar roʻyxatidan “Master of Professional Engineering” kursini toping.
- “Overview” sahifasida umumiy maʼlumotlar bilan tarnishing. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi ham koʻrsatilgan.
- “How to apply” boʻlimida kirish uchun kerakli talablar va qanday qilib hujjat topshirish tartibi berilgan. Ularni batafsil oʻqib chiqing.
- Hujjatlaringiz shu talablarga mos boʻlsa, ariza berish mumkin. Shuningdek, boʻlimda ingliz tili talablari ham koʻrsatilgan.
- “Apply online” yozuvini bosib, ariza toʻldiring.
Hujjatlar tarkibi (umumiy):
- Toʻldirilgan ariza.
- CV/resume.
- Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6,5, writing 6,0).
- Diplom va diplom ilovasi (texnika fanlari boʻyicha bakalavr diplomi talab qilinadi).
- Pasport nusxasi.
- Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa).
- Tavsiyanoma.
- Research proposal yoki motivatsion xat talab qilinishi mumkin.
Hujjatlar ingliz tilida topshiriladi. Shuningdek, rasmiy hujjatlarni notarial tasdiqdan oʻtkazish lozim. Barcha ma’lumotlar bilan batafsil: shu yerda tanishishingiz mumkin.
Nomzodlar aʼlo baholari, ish tajribasi, texnika va injenerlik boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: Reps@uts.edu.au