×

Buyuk Britaniya: Magistraturada o‘qish uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2517 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan City University of London magistratura kurslari uchun mo‘ljallangan 2020-yilgi International Applicants Scholarships for Computer/Library and Information Science dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetning Computer Science yoki Library and Information Science  magistratura kurslariga sentabrdan qabul qilingan a’lochi talabalarga beriladi. Grant bir marta berilishi moʻljallangan. Grant quyidagi yo‘nalishlar talabalariga ajratiladi:

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 16 500 -20 000 funt-sterling kontrakt toʻlaydi. Kontrakt narxlari tanlangan kursga qarab farq qiladi. Batafsil ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan talabaga o‘qishning birinchi yili uchun kontraktdan 2 000 funt sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga o‘qigan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod universitetning Computer Science yoki Library and Information Science magistratura kurslariga sentabrdan qabul qilingan yoki o‘qishga qabul uchun taklifnomani qo‘lga kiritgan bo‘lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,5 ball talab qilinadi.
  5. Nomzod sohaga tegishli bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to‘liq javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning yuqoridagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan magistratura kurslarida o‘qish uchun beriladi. Buning uchun nomzod avval o‘qishga kirishga ariza berishi lozim. Grantga esa alohida ariza topshiriladi. O‘qishga hujjat topshirish dedlayni farq qilishi mumkin. Dedlayn sanalarini tanlagan kursingiz sahifasidan tekshirib oling. Grantga hujjat topshirish uchun dedlayn: 2020-yilning 1-mart, 1-may, 1-iyulga qadar.

Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqidagi ma’lumotlar barcha ro‘yxatda ko‘rsatilgan kurslar sahifasining “How to apply” bo‘limida batafsil berilgan.

Grantga hujjat topshirish uchun arizani onlayn tarzda to‘ldirib, dedlaynga qadar yuborish lozim. Agar hujjatlar borasida savol tug‘ilsa, smcsepg@city.ac.uk manziliga murojaat qiling.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha GMAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin 6 hafta ichida elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: smcsepg@city.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!