Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Harold W. McGraw, Jr. Center for Business Journalism markazi jurnalistlarga The McGraw Fellowship for Business Journalism dasturini taklif etadi.
Dastur iqtisodiyot, moliya va biznesga oid hisobot yoki surishtiruvga asoslangan hikoya (ish)larni chuqur oʻrganish hamda yoritish uchun grant ajratadi. Nomzodlar qanday mavzuni yoritmoqchi ekani haqida ingliz tilida loyiha taqdim qilishi kerak.
Dasturga istalgan formatdagi ishlar – matn, audio va qisqa videolar qabul qilinadi. Tashkilotchilar barcha formatlardan foydalanib, media toʻplam shaklidagi ishlarni topshirishni ragʻbatlantiradi. Dastur muhim mahalliy va mintaqaviy mavsuzlarga yoʻnaltirilgan, shuningdek qizqarli milliy va xalqaro hikoyalarni yorituchi yoki yetarlicha yoritilmagan jamiyatlar yoxud muammolar haqida hikoya qiluvchi loyihalarni izlamoqda.
Grant kimlar uchun?
Kamida 5 yillik tajribaga ega jurnalistlar, frilans-jurnalistlar, muxbirlar va muharrirlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilingan har bir loyiha uchun quyidagicha imtiyozlar taqdim etiladi:
- 15 000 AQSH dollarigacha grant. Grantning aniq miqdori loyihani yakunlash uchun ketadigan vaqt va talab etiladigan xarajatlardan kelib chiqib belgilanadi.
- Markaz tomonidan loyihani amalga oshirishda muharrirlik yordami koʻrsatiladi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
- Frilans jurnalistlar, shuningdek hozirda yangiliklarni yorituvchi tashkilot yoki jurnalistik notijorat tashkilotida ishlayotgan muxbirlar va muharrirlar ariza topshirishi mumkin.
- Nomzod iqtisodiyot, moliya va biznes sohasiga tegishli loyiha taqdim etishi kerak.
- Jurnalistika sohasida kamida 5 yil ish tajribasiga ega boʻlish lozim
- Aynan biznes, iqtisodiyot yoki moliya boʻyicha jurnalistik tajriba talab etilmaydi. Bundan oldingi gʻoliblar orasida oldinlari sogʻliqni saqlash, taʼlim, atrof-muhit kabi mavzularni yoritish bilan shugʻullangan jurnalistika vakillari ham mavjud.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (ishlar ingliz tilida topshiriladi).
- Keyinchalik nomzodning ishi AQShda joylashgan nashrda chop etilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga arizalar har yili 2 marta qabul qilinadi. 2024-yildagi loyihalar quyidagi sanalardan birigacha topshirilishi kerak:
- 2024-yil 31-mart
- 2024-yil 6-oktabr
Shuningdek yoritish uchun vaqt ahamiyatga ega boʻlgan loyihalar uchun grant qabul sanasi tugamasidan turib ham ajratilishi mumkin.
Nomzodlar oʻzi yoritmoqchi boʻlgan mavzu yuzasidan 3 sahifadan oshmagan loyiha (matn, audio, video yoki shularning hammasidan foydalanilgan media ishi) topshirishi kerak.
Arialar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi.
Ariza topshirishda taqdim etiladigan hujjatlar:
- 3 sahifadan oshmagan loyiha. Buni gazeta, jurnal yoki raqamli media muharririga topshirilayotgan ish sifatida tasavvur qilishingiz mumkin. Unda yoritiluvchi hikoya (mavzu) haqida dastlabki maʼlumotlar va uni tasdiqlovchi hujjatlar (surat, hisobot va h.k.) berilishi kerak. Loyihada ushbu mavzuning yangiligi va ahamiyati nimada ekani, uning patensial taʼsiriga alohida urgʻu berilishi kerak. Shuningdek, loyihani yakunlash uchun hisobot rejasi va kerakli muddat ham qisqacha keltirib oʻtilishi kerak.
- Nomzodning nashr qilingan / chop etilgan 3 ta ishidan namuna.
- CV/resume.
- Ariza topshirish vaqtida tavsiyanoma talab etilmaydi. Keyinchalik finalist sifatida tanlanganlarda 2 ta tavsiyanoma topshirish soʻraladi.
Ariza topshirish vaqtida loyiha uchun qancha miqdorda mablagʻ talab etilishini koʻrsatish talab etilmaydi. Finalist sifatida tanlanganlardan keyinchalik loyiha xarajatlari haqida maʼlumot berish soʻraladi.
Bundan oldin grant ajratilgan ishlardan ayrimlarini BU YERDA koʻrishingiz mumkin.
MUHIM: Ariza berishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.