×

Erasmus Mundus: Turizm bo’yicha Yevropaning uchta davlatida o’qish imkoniyati


Grant

MUHLAT

15.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

7159 marta

Mazkur dastur bo’yicha grant ajratilishi hali to’liq tasdiqlanmagan. Lekin, tasdiqlanguncha hujjat topshirish muhlati tugab qolishi mumkin. Shu sababli, ushbu dasturni e’lon qilyapmiz. Bu yil ushbu dastur uchun grant ajratilmaslik ehtimoli, juda kam bo’lsa ham, bor.

Yevropaning The Erasmus Mundus European Master in Tourism Management (EMTM) dasturi 2021-yil uchun talabalardan arizalar qabul qilmoqda.

The Erasmus Mundus European Master in Tourism Management (EMTM) 2 yillik dastur hisoblanadi. Dasturga qabul qilingan talabalar o’qish davomida 3 universitetda, uch davlatda tahsil oladi: University of Girona (Kataloniya, Ispaniya), University of Southern Denmark (Daniya) va University of Ljubljana (Sloveniya).

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kurs kontrakt to’lovi 2 yil uchun jami 14 000 yevroni tashkil qiladi.

EMTM magistratura kurslariga qabul qilingan ma’lum miqdordagi talabalarga har yili to’liq grant berib kelingan. O’tgan yillarda talabalarga berilgan to’liq grant quyidagilarni o’z ichiga olgan:

  1. Kontrakt to’lovi (14000 yevro) to’liq qoplab berilishi;
  2. Har yili safar xarajatlari uchun 3000 yevro mablag’;
  3. Yashash xarajatlari uchun 2 yil (24 oy) gacha har oyda 1 000 yevro stipendiya.

2021-yilgi qabul uchun grant ajratish masalasi hozirda ko’rib chiqilmoqda. Dastur uchun 16 nafargacha talabaga grant berilishi mumkin, lekin grant berilish masalasi hali tasdiqlanmagan. Grant ajratilsa, miqdori yuqoridagiga yaqin bo’lishi kutilmoqda. Agar grant ajratilmasa, Yevropa Ittifoqidan tashqarida joylashgan davlatdan bo’lgan, o’qishga birinchi o’rinda qabul qilingan va o’qish taklifini (study/admission offer) qabul qilgan bir nafar talabaga kontrakt to’lovi qoplab beriladi. Iyun-iyul oylarida grant berilishi yoki yo’qligi e’lon qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod EMTM magistratura kursiga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Baholar A yoki B darajada, yoki kamida 70% boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod 180 ECT yoki shunga teng bakalavr darajasiga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. TOEFL 88 ball, IELTS kamida 6,5, Cambridge Certificate in Advanced English (CAE) kamida C daraja boʻlishi talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistratura kursiga 2021-yil 15-martgacha ariza berish mumkin. Eslatma: bu yilgi qabul uchun faqat «self-funded», ya’ni, o’z hisobidan kontrakt to’lab o’qiydigan talaba sifatida ariza topshirish mumkin. Grantlar e’lon qilinsa ham, kontrakt asosida o’qishga kirgan, o’qish taklifini qabul qilgan talabalar orqasidan munosiblariga belgilanadi.

Muhim sanalar:

  • 15-mart – ariza topshirishning oxirgi kuni
  • Aprel va may oylari – natijalar e’lon qilinadi.
  • May – o’qishga qabul qilinganlar «study offer», ya’ni, o’qishga taklifni qabul qilishiga muhlat beriladi.
  • Iyun yoki iyul oylari – kontrakt asosida o’qishga rozi bo’lgan talabalar orasida kimlarga grant berilgani e’lon qilinadi.
  • Sentyabr – o’qish boshlanadi.

Ariza berish jarayoni:

  1. Hujjat topshirish bo’yicha yo’riqnoma bilan tanishib chiqing.
  2. CV/resume tayyorlang. CV namunasi bilan bu yerda tanishing. CVni CV_ism_familiya_pdf shaklida saqlang (masalan: CV_nodira_rustamova.pdf.)
  3. Diplomning asl nusxasini skaner qiling, uni UD_name_surname.pdf deb nomlang. Diplomni tarjima qilib, notarial tasdiqlanganini esa 2a.UDtranslation_name_surname.pdf. deb nomlang.
  4. Diplom ilovasini skaner qilib, CT_name_surname.pdf; tarjimasini esa 3a.CTtranslation_name_surname.pdf. deb nomlaysiz.
  5. Motivatsion xat yozing. Uni ML_name_surname.pdf deb nomlang.
  6. Ingliz tili sertifikatingizni skaner qiling. Uni CE_name_surname.pdf deb nomlang.
  7. 2 ta tavsiyanoma oling. Ularni LR_name_surname.pdf va 6b.LR_name_surname.pdf deb nomlaysiz.
  8. Pasportingizni skanet nesxasini tayyorlang va faylni PC_name_surname.pdf deb nomlang.
  9. Yana boshqa hujjatlaringiz boʻlsa, ularni OD_name_surname.pdf. kabi nomlaysiz.

2-qadam:

Barcha hujjartlaringizni .rar yoki .zip formatdagi bitta arxiv faylga joylang.

3-qadam:

Shu yerda ariza toʻldiring va barcha tayyorlagan hujjatlaringizni tizimga yuklang.

Hujjat topshirishga oid barcha ma’lumotlar bilan bu yerda, grant haqidagi ma’lumotlar bilan esa bu yerda tanishing.

Maʻlumot uchun bu yerga murojaat qiling.

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik talaba bilan boʻlga suhbatni bu yerda o’qing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!