Qayerda: Toshkent, O‘zbekiston
Kim uchun: Barcha uchun
Ariza topshirish muddati: 2019 yilning 1-30-noyabrgacha
Asosiy ma’lumot: Adliya vazirligi aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Huquq bilimdonlari” tanlovi o‘tkazmoqda.
Huquqni bilish foydali, bilimingiz bilan SPARK yuting!
Manfaatli jihatlari:
G‘oliblarga quyidagi sovg‘alar topshiriladi:
1-o‘rin – SPARK avtomashinasi;
2-o‘rin – Malayziyaga 2 kishilik yo‘llanma;
3-o‘rin – iPhone 11 PRO.
Bundan tashqari, birinchi bosqich g‘olibiga alohida qimmatbaho sovg‘a ham beriladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Oliy yuridik ma’lumotlilar, shuningdek adliya organlari va muassasalari xodimlari hamda ularning yaqin qarindoshlarining tanlovda ishtirok etishi taqiqlanadi. Ulardan boshqa hamma bu tanlovda qatnasha oladi.
Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar:
Tanlov 1 noyabr kuni boshlanib, 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar Yangi yil bayrami arafasida e’lon qilinadi.
Tanlovning 1-bosqich shartlari va batafsil ma’lumot: shu yerda.