×

Indoneziya: Bakalavriat bosqichida tahsil olish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

20.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Indoneziya

O'QILGAN

3472 marta

Indoneziyaning Jakarta shahrida joylashgan BINUS Universitetining indoneziyalik va boshqa chet ellik talabalar uchun moʻljallangan 2020-yilgi BINUS World Scholarship moddiy yordam dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur shu universitetning bakalavr bosqichiga oʻqishga qabul qilinayotgan eng iqtidorli va eng umidli talabalarni moddiy jihatdan ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

BINUS universitetida oʻqitiladigan barcha bakalavr kurslari haqida ma’lumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish haqi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Kontrakt toʻlovlari haqida ma’lumot: shu yerda berilgan.

Grant yutib olgan talabaga kontrakti toʻliq qoplab beriladi. Bu grant eng yuqori yutuqlarga erishgan talabalarga va moddiy ta’minotsiz oʻqishga qiynaladigan, lekin umidli va iqtidorli boʻlgan talabalarga beriladi.

Binus universiteti xalqaro universitet boʻlib, unda boshqa davlatlardagi oliygohlar bilan birgalikda qoʻshma dasturlar ham oʻqitiladi. Ammo qoʻshma dasturlar uchun grant berilmaydi. Ya’ni, grantni faqat BINUS’ning oʻziga tegishli kurslar uchun olish mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod xorijiy talaba boʻlishi lozim.
  • Nomzod yuqori maktab (litsey, kollej, 11 yillik maktab)ni tamomlagan boʻlishi (Oʻzbekiston nomzodlarining kollej va litsey diplomlari ham oʻtadi) va baholari kamida qoniqarli boʻlishi kerak. Grant yutib olish uchun esa nomzod a’lochi boʻlishi, ya’ni GPA 4,0dan 3,0 ball boʻlishi zarur.
  • Nomzod oʻzi hujjat topshirayotgan sohaga doir amaliyot yoki ish tajribasiga ega boʻlsa yoki turli amaliy yutuqlarga erishgan boʻlsa bu uning natijalariga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
  • Nomzodning hujjat topshirayotgan vaqtdagi yoshi 22 dan katta boʻlmasligi kerak.
  • Nomzodning moddiy ta’minotga muhtoj ekanini isbotlovchi dalillar boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Qabul uchun kamida IELTS’dan 6 ball yoki shunga ekvivalent boʻlishi zarur.

 Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish 2020-yil 20-aprelgacha amalga ohirilishi lozim.

Binus universiteti grantlariga alohida ariza topshirish shart emas. Bakalavr kursiga toʻliq va toʻgʻri ariza topshirgan nomzodlar grant uchun toʻgʻridan-toʻgʻri nomzodlikka qoʻyiladi.

Bakalavr kursiga hujjat topshirish uchun shu yerga kirib, roʻyxatdan oʻtish, sizni qiziqtirgan kursni tanlab,  unga hujjat topshirish zarur.

Kerakli hujjatlar:

  1. СV.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. Baholar tarjimalari bilan.
  4. Nomzodning moliyaviy ahvolini koʻrsatuvchi hujjatlar.
  5. Motivatsion xat.

Bogʻlanish uchun: inquiry-jwc@binus.edu manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!