Janubiy Koreyaning Korea Foundation for Advanced Studies notijorat tashkiloti navbatdagi International Scholar Exchange Fellowship tadqiqot dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – Kambodja, Xitoy, Indoneziya, Qozogʻiston, Laos, Malayziya, Moʻgʻuliston, Myanma, Tailand, Oʻzbekiston va Vetnam fuqarolari boʻlgan olimlarning taqdqiqot olib borishini iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hisoblanadi.
Tadqiqot quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin:
- Humanities and Social Sciences: Economics, Business Administration, Political Sciences, Public Administration, Law, Sociology, Education, Psychology, Anthropology, Media, Geography, History, Philosophy, Literature.
- Energy: Petrochemical Engineering.
- Information and Communications: Electrical Engineering, Telecommunications, Computer Engineering.
- Life Science: Biochemistry, Biotechnology, Ecology, Immunology, Genetic Engineering etc.
Dastur 6 oy yoki 1 yil davom etishi mumkin. 6 oylik tadqiqot 2021-yilning 1-martidan 2022-yilning 31-avgustigacha davom etadi. Bir yillik tadqiqot esa 2022-yilning 1-sentabridan 2022-yilning 31-avgustigacha davom etadi.
Grant kimlar uchun?
Tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dasturni qoʻlga kiritgan tadqiqotchi quyidagi iqtisodiy ikoniyatlar bilan ta’minlanadi:
- Tadqiqot stipendiyasi – har oy 3 million Koreya voni (taxminan 2 522 USD) miqdorida.
- Koreyaga borganda dastlab joylashib olish uchun bir martalik toʻlov – 1 million Koreya voni (taxminan 840 USD) miqdorida.
- Yozib tugatilgan tadqiqot ishi uchun bir martalik toʻlov – 1 million Koreya voni (taxminan 840 USD) miqdorida (ushbu toʻlov ish yozib boʻlingach, dastur oxirida beriladi).
- Turli jurnallarda maqola chop etish uchun 1 000 – 5 000 USD miqdorida mablagʻ beriladi.
- Koreyaga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
- Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplab beriladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Kambodja, Xitoy, Indoneziya, Qozogʻiston, Laos, Malayziya, Moʻgʻuliston, Myanma, Tailand, Oʻzbekiston va Vetnam fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod doktorlik darajasiga ega va biror universitetda ishlayotgan yoki tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritayotgan boʻlishi lozim.
- Nomzod 2021-yilning 15-fevralida 50 yoshdan oshmagan boʻlishi lozim.
- Nomzod tibbiy jihatdan sogʻlom boʻlishi lozim.
- Nomzod tadqiqotni ingliz tilida olib bora oladigan darajada ingliz tilini bilishi lozim.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza berish uchun dedlayn – 2021-yil 15-fevral.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- KFAS a’zosi sifatida roʻyxatdan oʻting va oʻz akkauntingizga kiring (kfas.or.kr sayti orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin).
- Onlayn arizani toʻldiring (soʻralgan ma’lumotlarni toʻldiring, tadqiqot rejasi (research proposal) yozing, soʻralgan hujjatlarni yuklang).
- Soʻralgan qoʻshicha hujjatlarni topshiring:
– 2 ta tavsiyanoma.
– 2 ta eng yaxshi deb bilgan Ilmiy ishingiz nusxasi va ularning ingliz tilidagi abstrakti (kitob, monografiya va hk).
– Ish joyidan ishlayotgani haqida ma’lumotnoma.
– Tadqiqotga qabul qilinganlik xati (research affiliation). Ushbu xat siz tanlagan universitetdan olinadi va bu uchun Koreya universitetlari bilan oʻzingiz bogʻlanishingiz kerak.
- “My Page” boʻlimidan ariza topshirganingizni tasdiqang.
Ma’lumot uchun: isef@kfas.or.kr manziliga murojaat qilishingiz mumkin.