×

Buyuk Britaniya: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 15 000 funt-sterlinggacha!


Grant

MUHLAT

06.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1942 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Lancaster University  oliygohi Faculty Postgraduate Scholarships dasturi orqali 2020-21yilgi magistratura hamda doktorantura bosqichlarida oʻqishni xohlovchi talabalarga grant oʻrinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Lancaster University’da oʻqitiladigan magistratura va doktorantura kurslari uchun ajratiladi. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, dasturdan asosiy maqsad universitetda oʻqish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli oʻqiy olmasligi mumkin boʻlgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qʻollab-quvvatlash.

Nomzodlar grantni qoʻlga kiritish uchun quyidagi yoʻnalishlardan biriga hujjat topshirishi kerak:

  • Art
  • Creative Writing
  • Criminology
  • Design
  • English Language
  • English Literature
  • Environment, Culture & Society
  • Languages & Cultures
  • Film
  • Gender & Women’s Studies
  • History
  • Law
  • Linguistics
  • Media & Cultural Studies
  • Music
  • Philosophy
  • Politics
  • Religious Studies
  • Social Anthropology
  • Social Work
  • Sociology
  • Theatre Studies

Grant kimlar uchun?

Magistraturada va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan talabalar toʻlov kontrakti toʻliq qoplanadi, shu bilan birga, yashash uchun  qoʻshimcha 15 000 funt-sterlinggacha stipendiya bilan ta’minlanishi mumkin.

Lancaster  University’dagi toʻlov kontraktlari haqida ma’lumot bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod bakalavr yoki magistratura darajasini a’lo yoki yaxshi baholarga tugallagan boʻlishi talab etiladi.
  3. Nomzod Lancaster University qabul talablariga toʻliq javob berishi lozim, ya’ni ushbu unversitet magistratura yoki doktorantura bosqichiga qabul qilingan boʻlishi kerak. Universitet qabul talablari bilan shu yerda toʻliq tanishib chiqshingiz mumkin.
  4. Nomzod avval ushbu grant bilan taqdirlanmagan boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini bilish darajasini koʻrsatuvchi IELTS 6.5(har bir boʻlimidan kamida 5.5ball ) va TOEFL IBT 93 (har bir boʻlimidan 20 yoki 22 ball) sertifikatlarini topshirishlari soʻraladi. Ingliz tili talablari bilan shu yerda toʻliq ma’lumotga ega boʻlishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 28-fevralga qadar qabul qilinadi.

Ushbu grant dasturi Lancaster University’da oʻqitiladigan magistratura va doktorantura kurslari uchun ajratiladi. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan. Dmak, avval kursga hujjat topshiring.

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun universitet sayti orqali ariza  toʻldirib, kerakli boʻlimga electron pochta orqali joʻnatish lozim. Agarda siz ushbu grantga hujjat topshirishni istasangiz oldin Lancaster University magistratura va Doktorantura qabul talablari bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

Universitetga qabul jarayonida asosan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  • Notariusdan tasdiqlangan diplom nusxasi yoki oʻqish joyidan rasmiy ma’lumotnoma
  • Baholar roʻyhati
  • Ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’lumotlar
  • Research Proposal (ilmiy tadqiqot rejasi)
  • Ikkita tavsiyanoma

Ma’lumot uchun: fass-pg-admissions@lancaster.ac.uk  elektron manzili yoki +44(0)1524510851 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!