×

AQSh: Texnologiyalar haqidagi tasavvurlar haqida insholar tanlovi; mukofot jamg`armasi – 3 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

02.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3124 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining CGTrader provayderi 2019-yilgi Annual CGTrader Scholarship insholar tanlovini e’lon qiladi. Ushbu tanlovdan maqsad – kelajak haqidagi yoshlar tasavvurini oʻrganish va ularni ragʻbatlantirish.

Hozir aynan shu mavzudagi ijodiy insholar tanloviga talabalardan arizalar qabul qilinmoqda. Bu yilgi nsholar “The Future of Real-World Environment with Augmented Reality” mavzusida yozilishi kerak.

Grant kimlar uchun?

Oʻrta va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Eng yaxshi deb topilgan 3 ta insho mualliflari pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Birinchi oʻringa 2 000 USD miqdoridagi asosiy mukofot ajratilgan. Keyingi ikki oʻrinning har biriga 500 USDdan beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Istalgan davlat fuqarolari bu tanlovda qatnashishi mumkin.
  • Nomzod kollej, litsey yoki oliy ta’lim muassasasi talabasi (bakalavriat yoki magistratura) boʻlishi kerak.
  • Nomzod 2019-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan vaqtda oʻqishni bitirmagan yoki tashlab ketmagan boʻlishi va toʻliq stavkada oʻqiydigan talaba hisoblanishi zarur.
  • Nomzodning umumiy baho koʻrsatkichi (GPA) 4.0dan kamida 2.5 boʻlishi kerak.
  • Tanlovga topshiriladigan inshoning umumiy hajmi 500-1000 soʻz boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholarni qabul qilish 2019-yil 2-dekabrgacha davom etadi.

Insholar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

Insholar onlayn tarzda taqdim etiladi. Ta’sischilar haqida batafsil ma’lumotni shu yerdan olishingiz mumkin.

Tahminan qanday insholar yutib chiqishini bilish uchun oʻtgan yildagi insho tanlovlari gʻoliblarining insholari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Gʻoliblar 2019-yil 16-dekabr kuni CGTrader blogida, va email orqali e’lon qilinadi.

Murojaat uchun ma’lumot: shu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!