×

Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi uchun 5ta 10 000 funt-sterling grant!


Grant

MUHLAT

22.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1535 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Queen Mary University of London (QMUL) oliygohi  Partial Scholarships 2020-21 dasturi orqali 2020-21-yilgi magistratura  bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalarga grant oʻrinlarini taklif etadi. Ushbu grant shu universitetda oʻqitiladigan Huquqshunoslik sohasiga oid belgilangan magistratura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, dasturdan asosiy maqsad universitetda oʻqish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli oʻqiy olmasligi mumkin boʻlgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Nomzod huquqshunoslikning quyidagi sohalaridan birni tanlashi mumkin:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi doirasida eng munosib deb topilgan 5 nafar chet ellik talabaning har biriga 10 000 funt sterlingdan grant beriladi. QMUL dagi toʻlov kontraktlari haqida ma’lumot bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  • Nomzod huquqshunoslik yoʻnalishida bakalavr bosqichini a’lo baholarga yakunlagan boʻlishi lozim.
  • Nomzod grant dasturiga ariza berishi uchun QMUL magistratura bosqiching Huquq yoʻnalishiga qabul qilingan boʻlishi lozim. Universitetning magistratura bosqichi qabul talablari bilan shu yerda toʻliq tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun IELTS’dan 7 (yozma imtihondan 7 ball va qolganlaridan kamida 5.5 ball bilan) yoki TOEFL IBT’dan 100 ball (har bir boʻlimidan kamida 20 balldan) talab etiladi. Ingliz tilini bilish darajasiga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda.
  • Nomzod QMUL’ga toʻliq stavkadagi magistratura kursiga qabul qilingan boʻlishi kerak. sirtqi kurslar talabalariga grant berilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun nomzod avval tegishli magistratura kurslaridan biriga oʻqishga talaba sifatida qabul qilingan boʻlishi shart. Ya’ni, magistratura kursiga hujjat topshirib, lekin hali oʻqishga kirganligi noma’lum nomzodlarning arizalari grant uchun koʻrib chiqilmaydi. Grantga hujjat topshirishga ulgurish uchun magistratura kurslariga 2020-yil 22-fevralgacha hujjat topshirish kerak, shunda natijalar grantga hujjat topshirish muhlatidan oldin e’lon qilinadi.

Oʻqishga kontraktga kirgach, 2020-yil 6-apreldan kechiktirmay grantga ariza topshirish kerak. Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar:

  • 1000 soʻzdan iborat boʻlgan insho. Insho mavzusi: “Please explain why you want to study for the chosen programme at Queen Mary University of London, specifying the area of law and the modules you have a particular interest in. What you will bring to the programme and why you feel you should be awarded a scholarship; focusing on your academic and professional achievements (if relevant) and financial need.”
  • Huquqshunoslik boʻyicha bakalavr darajasi baholari va huquq sohasiqa oid boshqa yutuqlarga oid hujjatlar (other legal qualifications) (ingliz tilida boʻlishi lozim)
  • CV/resume.
  • 1 ta tavsiyanoma.

Yuqoridagi keltirilgan barcha hujjatlar toʻldirilgan ariza bilan birgalikda bitta PDF hujjat qilinib, nomzod ism familiyasi ostida joʻnatilishi lozim.

Natijalar iyun oyida elektron pochta orqali e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: llmscholarships@qmul.ac.uk  elektron manzili yoki +44(0)2078825555 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!