×

Yaponiya: Ayol tadqiqotchilar uchun 9 194 AQSh dollargacha grant!


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

1236 marta

Yaponiyada joylashgan Japanese Association of University Women (JAUW) akademik sohadagi ayollarni qoʻllab-quvvatlovchi eng yetakchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. Shu tashkilotning tadqiqotchi ayollar uchun maxsus tashkil etilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Yaponiya universitetlarida tadqiqot olib borish istagidagi ayol tadqiqotchilarga moddiy yordam sifatida beriladi. Grantning mazmuni shundan iboratki, Yaponiya fuqarosi boʻlmagan tadqiqotchi ayol Yapon universitetida tadqiqot olib borish niyatida boʻlsa va buning uchun ruhsatnoma va taklifnomaga ega boʻlsa. JAUW granti bu tadqiqotchiga shu tadqiqot vaqtida yashashini moliyalashtirishga yordam beradi. Ushbu grant doirasida grant yutib olgan tadqiqotchilar Yaponiyada 2020-2021-yil orasida 4-6 oy tadqiqot qilishlari kerak boʻladi. Grant dasturi boʻyicha 2 nafar tadqiqotchiga grant ajratilgan.

Grant kimlar uchun?

45 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchi ayollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan tadqiqotchiga 500 000 yen (taxminan 4597 USD) dan 1 000 000 yen (taxminan 9 194 USD) gacha miqdorda grant beriladi. Tadqiqotchi bu mablagʻni safar va yashash xarajatlariga sarflashi mumkin boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod ayol kishi boʻlishi va Yaponiya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod grantga hujjat topshirishdan oldin oʻzi boradigan tadqiqot joyidagi barcha masalalarni hal qilgan boʻlishi kerak – u shu universitet bilan bogʻlanib, tadqiqot uchun ruhsat olgan boʻlishi va ilmiy rahbari bilan ham kelishib qoʻygan boʻlishi kerak. Bu haqida taklifnomaga ham ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod 45 yoshdan oshmagan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod magistratura yoki doktorantura kursini tugatgan va diplomga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va buni koʻrsatuvchi hujjat taqdim etishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tadqiqot granti uchun hujjatlar va arizalar 2020-yil 31-martgacha qadar pochta orqali qabul qilinadi. Hujjat topshirishdan avval 2020 JAUW International Fellowship Application Instructionsni oʻqib chiqing.

Kerakli hujjatlar:

  1. 2020 Personal Registration Information (Electric Data Format), pdf va word docx formatda.
  2. Ariza – 1-qismi 5 nusxada pdf va word .docx formatda.
  3. Ariza – 2-qismi 5 nusxada pdf va word .docx  formatda.
  4. Uchta tavsiyanoma. Tavsiyanoma uchun 1-qism arizaning 6-bandidan foydalanish kerak. tavsiyanomalar konvertga solib yelimlangan va muhrlangan boʻlishi kerak.
  5. Qabul xati. pdf va word docx formatda.
  6. Bu xatni nomzod tadqiqot qilish uchun ruhsat olgan Yapon universiteti berishi kerak. Universitet xatni JAUW’ga toʻgʻridan-toʻgʻri jonatishi kerak. Bu xatdan bitta PDF formatdagi nusxa ham olish kerak, nomzod buni arizaga ilova qiladi.
  7. Salomatlik haqida tibbiy ma’lumotnoma.
  8. 5 x 4.5 oʻlchamdagi fotosurat. Bu fotosurat ariza 1-formasiga yopishtiriladi.

Hujjat topshirish uchun barcha hujjatlarni bitta papka qilib, quyidagi manzilga pochta orqali joʻnatilishi kerak:

International Fellowship Committee

Japanese Association of University Women

11-6-101 Samoncho, Shinjuku-ku,

Tokyo 160-0017,

JAPAN 

Elektron pochta orqali joʻnatilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Natijalar iyun oyida elektron pochta orqali e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: internationalfellow@jauw.org elektron manzillariga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!