×

Shvetsiya: Magistraturada tahsil olish uchun 25 foizli grantlar


Grant

MUHLAT

17.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

2184 marta

Shvetsiyada joylashgan University West oliygohi 2020-yilgi magistratura kurslari uchun moʻljallangan University West Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur shu universitetning quyidagi magistratura kurslari uchun ajratilgan:

  • International business, master programme in business administration (one year)
  • International politics, master programme in political science (one year)
  • IT and Management, master programme in informatics (one year)
  • Master in robotics and automation (two year programme)
  • Advanced manufacturing engineering (two year programme)
  • Master programme in robotics (one year)
  • Master programme in manufacturing engineering (one year)
  • Master of science in finance

Grant dasturidan maqsad University West’ga oʻqishga kirgan eng umidli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University West ta’lim grantini yutib olgan talabalarga kontrakt toʻloviga 25% chegirma qilinadi. Kontrakt toʻlovlari haqida batafsil ma’lumot bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. YeI va YeIH, Shveytsariyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga.
  2. Nomzod oʻqigan bakalavr kursi va u hujjat topshirgan magistratura kursi sohalari bir-biriga yaqin boʻlishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr bosqichida yaxshi va a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak.
  4. Nomzodning ish tahribasi, amaliyotlar qilgani va loyihalarda qatnashgan boʻlsa yanada yaxshi.
  5. Agar nomzod chet ellerda ilgari oʻqigan boʻlsa (vatanidan tashqarida) yanada yaxshi.
  6. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi kerak. (taxminan kamida IELTS 6.5 darajasida). Bu darajani esa IELTS, TOEFL kabi keng miqiyosda tan olingan test natijalari orqali koʻrsatish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 17-aprelga qadar qabul qilinadi.

Grantga ariza berish uchun avvaliga magistratura kursiga hujjat topshirish kerak. University West’ga oʻqishga ariza berilib, shu ariza kelib tushgani tasdiqlangach nomzodga grant linki (havolasi) beriladi va grantga qanday hujjat topshirish boʻyicha mahsus yoʻl-yoʻriq koʻrsatiladi. Grant uchun arizalar qabuli faqat 1 hafta ochiq boʻladi.

Magistratura kurslari yoʻnalishlariga qarab turli ichki talablarga ega boʻladi. Shuning uchun sizni qiziqtirgan kurs haqidagi barcha ma’lumotlarni puxta oʻrganib chiqish uchun shu kurs haqid ama’lumotlar berilgan sahifalarga tashrif buyurish tavsiya etiladi. Magistratura kurslariga umumiy qabul talablari quyidagicha (istisno sifatida kurs ichki talablari amal qilishi mumkin):

Magistratura kurslariga hujjatlar 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 3-fevralga qadar shu yerda qabul qilinadi (bu Shvetsiya universitetlari foydalanadigan ariza berish portali. Bu portalda kerakli universitetlarni shunchaki tanlash yetarli, bitta arizada uchtagacha kursga hujjat topshirish mumkin).

Bogʻlanish uchun: servicecenter@hv.se elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!