Germaniyaning Westerwelle Fondi Germaniya poytaxti oʻz ishlab chiqarish korxona (firma, kompaniya)siga ega boʻlgan yosh tadbirkorlar va iqtisodchilarni 2020-yilgi Westerwelle Young Founders Programme konferesiyasiga taklif qilmoqda. Konferensiya Berlin shahrida 2020-yil 10-14-mart kunlari boʻlib oʻtadi. Dasturda har yil bahor va kuzda 25 nafar rivojlanayotgan davlatlar vakillari ishtirok etadilar.
Grant kimlar uchun?
Yosh iqtisodchi va tadbirkorlar uchun uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Dastur tomonidan olti oy davomida barcha xarajatlar qoplanadi;
- Berlin shahrida oʻtkaziladigan bir haftalik konferensiyada ishtirok etish taʼminlanadi;
- Nomzodlar tajribali ustozlarga biriktiriladi;
- Ekspert sessiyalarda qatnashish;
- Shuningdek, yosh tadbirkorlar tarmogʻi, dasturdan tashqari masalalarda yordam va Berlin startap sahnalari bilan tanishish imkoni taqdim etiladi.
Batafsil: shu yerda tanishing.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (O’zbekiston fuqarolari hujjat topshira oladi.).
- Nomzod oxirgi 5 yil ichida Product-Marketga moslikka va iqtisodiy turgʻunlikka erishgan kommersiya kompeniyasi tashkil etgan boʻlishi va bu borada biznes-modeldan foydalangan boʻlishi.
- Kompaniya rivojlanayotgan davlatlar bazasiga mos boʻlishi kerak.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi.
- Olti oy davomida Berlinda tashkil etiladigan konferensiyalarda ishtirok etishi hamda biriktiriladigan ustoz bilan ishlashi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 3-dekabrga qadar qabul qilinadi. Ariza: shu yerda topshiriladi.
Ariza berayotganda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish lozim:
Shaxsiy maʼlumotlar:
- Familiya, ism, otasining ismi.
- Jinsi.
- Tugʻilgan yil, oy, kun.
- Manzili.
- Elektron manzil.
- Fuqaroligi.
- Millati.
Kompaniya haqida maʼlumot:
- Kompaniya nomi.
- Tashkil etilgan yili.
- Sektor (bu yerda koʻrsatilgan variantlardan biri tanlanadi).
- Kompaniyada asosiy shtatda ishlaydigan xodimlar soni.
- Kompaniyada qisman band xodimlar soni.
- Kompaniya volontyorlari soni.
- Bir haftada qancha vaqt kompaniyada ishlashga sarflaysiz (koʻrsatilgan variantlardan biri tanlanadi)?
- Kompaniyada sizning rolingiz (koʻrsatilgan variantlardan biri tanlanadi)?
- Agar Co-Founder (sherik) boʻlsa, barcha Co-Founderlarning vazifalari (300 ta belgi) koʻrsatiladi;
- Kompaniya veb-sayti;
- Kompaniya qanday muammolarni hal qiladi (maksimum 300 belgi)?
- Siz taklif etgan innovatsion yechim (maksimum 300 belgi).
- Oxirgi 12 oy ichida toilgan daromad.
- Boshlangʻiya mablagʻ qayerdan olinganligi.
- Tashqaridan olingan mablagʻ.
- Kompaniya qaysi bosqichda?
- Oxirgi 12 oy ichida tashqaridan mablagʻ olinganmi.
- Agar olingan boʻlsa, hajmi qancha?
- Kompaniya birorta tanlovda qatnashib gʻolib boʻlgan boʻlsa qancha mukofot berilganligi.
- Avval korxona tashkil etganmisiz?
- Motivatsion xat.
Nomzodlar kompaniyaning asos solingan vaqti, yutuqlari, iqtisodiy turgʻunlikka erishgani, jahonga chiqqanligi, tanlovlardagi ishtiroki, innovatsion yechimlari kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Muhim sanalar:
- 2019-yilning 3-dekabrigacha ariza beriladi.
- Dastlabki saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan stipendiatlar 2019-yil 25-noyabrdan 17-dekabrgacha suhbatdan oʻtadilar.
- Hakamlar hayʼati yakuniy qarori 2020-yil 5-yanvarda amalga oshiradi;
- Tanlab olingan nomzodlar haqida 2020-yil 7-yanvarda eʼlon qilinadi.
Maʼlumot uchun:
Christoph Rohde
Programme Manager
Tel.: +49 (0)30 887281614
e-mail: rohde@westerwelle-foundation.com