×

Avstraliya: Huquqshunoslik boʻyicha bakalavriatda oʻqish uchun 50 foizgacha grantlar


Grant

MUHLAT

15.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1424 marta

Avstraliyaning Brizben shahrida joylashgan University of Queensland oliygohi TC Beirne School of Law maktabiga Bachelor of Laws (Honours)/(LLB (Hons)) darajasini olish uchun hujjat topshirgan chet ellik talabalarga 2020-yilgi  TC Beirne School of Law Scholarship for International Students grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad a’lochi va huquqshunoslik sohasiga qiziquvchi talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida 2 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. Ulardan biriga oʻqish toʻlovini 50 foizi, yana briga 25 foizi toʻlab beriladi. Grant faqat kontrakt toʻlovini qisqartirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, uni boshqa maqsadlarda sarflab boʻlmaydi.

University of Queensland oliygohida oʻqish xarajatlari bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod 12 yillik ta’limga ega boʻlishi zarur.
  3. Nomzod oliygohning TC Beirne School of Law maktabiga Bachelor of Laws (Honours)/(LLB (Hons)) darajasini olish uchun bakalavr kursiga qabul qilingan boʻlishi/qabul qilinishi kerak.
  4. Nomzodning oliygohga endigina qabul qilingan boʻlishi kerak.
  5. Nomzod grant bilan bir vaqtda boshqa dastur boʻyicha stipendiya olishi mumkin emas.
  6. Nomzodlar akademik salohiyati va huquqshunislikka boʻlgan qiziqishiga qarab tanlanadilar.

Dasturga qabul jarayoni:

University of Queensland oliygohining TC Beirne School of Law maktabiga hujjat topshirish uchun universitetga onlayn ariza topshirish zarur. Universitetga hujjatlar 2020-yilning 30-iyuniga qadar qabul qilinadi. Ammo grant dasturiga hujjat topshirmoqchi boʻlgan nomzodlar hujjatlarini 2020-yil 15-maydan kechiktirmasdan topshirishlari zarur.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Maktab/kollej/litsey diplomi.
  3. Baholardan koʻchirma (diplom ilovasi).
  4. Ingliz tilini oʻzlashtirganlik haqidagi sertifikat (IELTS 7.0 va undan baland, har bir boʻlimdan kamida 6.0 ball).
  5. Tavsiyanoma.
  6. CV/rezyume.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga taqdim etilishi kerak.

2020-yilning 2-semestrida boshlanadigan huquqshunoslik kurslariga beriladigan grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod ariza shaklini toʻldirib, barcha kerakli hujjatlar bilan birga 2020-yilning 15-mayiga qadar scholarships@law.uq.edu.au manziliga email tarzida yuborishi kerak.

Grant dasturi uchun kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Baholardan koʻchirma.
  3. Shaxsiy bayonot.
  4. 2 ta tavsiyanoma.
  5. Til sertifikati.
  6. Rezyume/CV.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan yoki grant nizomidan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Ma’lumot uchun: scholarships@law.uq.edu.au.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!