×

“El-yurt umidi” Jamgʻarmasidan yangi grant: Barcha bosqichlar uchun Hindistonda oʻqishga grant; joy – 20ta!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3627 marta

CHOP ETILGAN

06.12.2019

Qayerda: Hindiston

Kim uchun: Barcha bosqichlarda tahsil olishni istaganlar uchun

Ariza topshirish muddati: Bakalavriat va maiatratura uchun 2020-yil 2-fevral; PhD bosqichi uchun 2020-yil 16-avgust.

Asosiy ma’lumot: “El-yurt umidi” jamgʼarmasining sayʼ-harakatlari sabab koʼplab xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari bilan hamkorliklar yoʼlga qoʼyilmoqda. Natijada yurtdoshlarimiz oʼz taʼlim bosqichlarini xorij mamlakatlarida davom ettirish imkoniyatiga ega boʼlmoqda.

Jamgʼarma hamkorlikdagi ishlari natijasi sifatida yana bir imkoniyatni yurtdoshlarimizga taqdim etadi.

Yaʼni, Hindiston madaniy aloqalar Kengashi (ICCR) 2020 yilda Hindistondagi universitetlarda Oʼzbekiston fuqarolariga 20 ta taʼlim grantini taqdim etayotganini maʼlum qiladi!

Manfaatli jihatlari: 

2020 yilda Hindistondagi universitetlarda Oʼzbekiston 20 nafar nomzod taʼlim granti asosida oʻqiydi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: 

  1. Oʻzbekiston fuqarolari bu grantga ariza bera oladi.
  2. Nomzod Hindiston universitetlaridan birining bakalavriat, magistratura yoki PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  4. Nomzod jismoniy va ruhiy sogʻlom boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tegishli ma’lumot (attestat/kollej/litsey/bakalavr/magistr) diplomiga ega boʻlishi kerak.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar: 

Nomzodlar dedlayngacha ariza shaklini to‘ldirishlari va unga kerakli hujjatlarni tizimga yuklashlari kerak.

Bakalavriat va magistratura uchun hujjatlar shu yerda 2020-yil 2-fevralgacha, PhD bosqichi uchun esa 2020-yil 16-avgustgacha toʻldiriladi.

Hujjat topshirish boʻyicha batafsil ma’lumot va yoʻriqnomani shu yerdan yuklab oling.

Ma’lumot uchun: L.Shastri nomidagi Hindiston madaniy markaziga +99871 2670419 telefon raqami yoki lbscic.office@gmail.com elektron manzili orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!