Shveytsariyada joylashgan University of Gothenburg oliygohi School of Business, Economics and Law maktabi 2020-yil kuzda boshanadigan magistratura kurslariga qabul qilinadigan xorijlik talabalarni The Richard C. Malmsten Memorial Foundation Scholarship 2020 grant dasturiga ariza berishga taklif etmoqda. Grant dasturi kirish imtihonlarida yuqori natijalarga erishgan, GMAT/GRE testi bo’yicha yuqori ballarni qo’lga kiritgan talabalar uchun mo’ljallangan. Dasturdan maqsad o’qish to’lovini o’zi to’laydigan, iqtidorli va a’lochi talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni yutib olgan talabaga kontrakt to’lovini to’lash uchun butun (2 yillik) magistratura kursi davomida umumiy 100 000 SEK (taxminan 10 487AQSh dollari)/bir semester uchun 25 000 SEK miqdoridagi mablag’ ajratiladi.
Eslatma: School of Business, Economics and Law maktabi magistratura (2 yillik) kursi uchun o’qish to’lovi 166 000 – 220 000 SEK (taxminan 17 410 – 23 074 AQSh dollari) etib belgilangan. Batafsil
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod YI tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarosi bo’lishi kerak.
- Nomzod o’qish pulini o’zi to’laydigan talaba bo’lishi kerak.
- Nomzod University of Gothenburg’ning School of Business, Economics and Law maktabi 2020-yil kuzda boshanadigan magistratura kurslariga (2 yillik) qabul qilinishi zarur.
- Nomzod kunduzgi tartibda (full time) tahsil olishi zarur.
- Nomzod GMAT/GRE testlari bo’yicha yuqori (kamida 350) ballni qo’lga kiritgan bo’lishi kerak.
- Grantni boshqa stipendiya dasturlari bilan bir vaqtda olib bo’lmaydi.
Nomzodlarga qo’yilgan talablar va grant shartlari bu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
- Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod avvalo University of Gothenburg School of Business, Economics and Law maktabi 2020-2022 o’quv yillaridagi magistratura kurslaridan biriga qabul qilinishi zarur. Oliygohga hujjatlar 2019-yil 16-oktabrdan 2020-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.
- Oliygohga hujjat topshirish shu yerdagi yagona portal orqali amalga oshiriladi.
- Arizani ko’rib chiqish uchun to’lov (900 SEK) 2020-yil 3-fevralgacha amalga oshirilishi kerak.
Hujjat topshirish jarayoni (grantga)
- Grant dasturida qatnashish uchun ariza shaklini to’ldiriladi: talabaning shaxsiy ma’lumotlari, GMAT/GRE natijasi yoziladi hamda grant hay’atiga yuboriladi.
- GMAT/GRE sertifikatining asl nusxasi oliygohga imtihon topshirilgan test markazi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri yuborilishi kerak. Grant dasturi uchun boshqa hech qanday hujjat talab etilmaydi.
- Arizalar 2020-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi.
Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:
- To’ldirilgan ariza (yagona portal orqali).
- GMAT/GRE sertifikati.
- Bakalavr diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- Motivatsion xat va CV.
- Arizani ko’rib chiqish uchun to’lov 900 SEK (taxminan 94 AQSh dollari).
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan va savol-javoblardan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:
E-mail: ellen.morris@gs.gu.se
Tel: +46 31 786 0000