×

University of Cambridge: Huquqshunoslik sohasi uchun 11 257 funt-sterling grant!


Grant

MUHLAT

31.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1664 marta

Angliyaning University of Cambridge – Kembrij universiteti W. M. Tapp Studentships in Law: College Studentship for LLM Students – 2020/21 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-2021-oʻquv yilida huquqshunoslik Master of Law boʻlimida magistratura bosqichlarda oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiya bir yilga beriladi. Grant Gonville and Caius College tarkibidagi School of Humanities and Social Sciences departamentida huquq boʻyicha tahsil oladigan/ tadqiqot olib boradigan nomzodlarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba University of Cambridge huquq boʻyicha magistratura Master of Law kursida oʻqish uchun 2020-2021-oʻquv yiliga 41 906 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga 1 yil davomida har yilga 11 257 funt-sterling miqdorida kontrakt toʻlovi chegirma qilinadi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod huquq boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Cambridge universitetining huquq boʻyicha magistratura – Master of Law kursiga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod huquq sohasida tadqiqot olib borish tayyor boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 31-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Grantga va oʻqishga kirish uchun bir marta ariza beriladi. Demak, universitetga qabul uchun hujjat topshirish zarur. Keyin grantga alohida ariza berish shart emas.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni toping.
  2. Shu yerdan qanday qilib hujjat topshirishni oʻqib chiqing.
  3. Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni oʻrganib chiqing.
  4. Study(active tab) boʻlimida oʻqish talablari koʻrsatilgan.
  5. Requirements boʻlimida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  6. Finance boʻlimida esa toʻlovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  7. How To Apply boʻlimiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqing. Sahifada topshiriladigan hujjatlar roʻyxati ham berilgan.
  8. Sahifaning yuqori oʻng ratafidagi Apply Now yozuvini bosamiz va ariza topshiring. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  9. Grantga huiiat topshirish. Qay tartibda hujjat topshirish haqida: shu yerda oʻqib chiqing. Keyin grant arizasini yuklab olib toʻldiring va topshiring. Ma’lumot uchun Professor Jens Scherpega murojaat qiling.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.
  5. Reserch proposal.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

 Natijalar 2020-yil 31-martda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: graduate.admissions@cai.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!