×

Germaniya: Magistratura uchun toʻliq grant; barcha xarajatlar qoplanadi; oylik 850 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

4888 marta

Germaniyaning Myunxen shahrida joylasjgan Munich Intellectual Property Law Center 2020-21-oʻquv yili uchun  DAAD scholarship for Development-Related Postgraduate Courses dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur 1 yilga moʻljallangan. Grant universitetga oʻqishga kirgan rivollanayotgan davlatlardan kelgan talabalarga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar yuqori bilimli va salohiyatli, a’lochi boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodning bir yil davomida:

  1. Oʻqish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
  2. Yashash xarajatlari uchun oylik 850 yevro stipendiya ajratiladi.
  3. Tibbiy sugʻurta olib beriladi.
  4. Turar joy xarajatlari qoplab beriladi.
  5. Sayohat va boshqalar uhun mablagʻ ajratiladi.
  6. 2 oylik nemis tilini oʻrganish kursi xarajatlari toʻlanadi.

Dastur haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Faqat rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi. Oʻzbekiston bu roʻyxatga kiritilgan.
  • Nomzod MIPLCning magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Germaniyada 15 yildan ortiq vaqt istiqomat qilayotgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  • Bakalavriatni tugatganiga 6 yildan oshgan nomzodlar ariza topshira olmaydi.
  • Nomzod kamida 2 yillik kasbiy tajribaga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod 4 yillik bakalavriat (YeKT boʻyicha 240 kredit tizim)ni tugatgan boʻlishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant MIPLCning magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. oʻqishga ariza: shu yerda topshiriladi. Oʻqishga kirish uchun dedlayn 2020-yil 30-aprel, grantga ariza dedlayni 2020-yil 15-oktabrgacha. Grant yutishni istaganlar oʻqishga erta ariza berishlari lozim.

Oqishga va grant galohida ariza beriladi. Oʻqishga hujjat topshirishdan oldin dedlayn va hujjatlar tarkibi haqida yoʻriqnomadagi ma’lumotlar orqali batafsil oʻrganib chiqing. Agar jarayonda muammo tugʻilsa: info@miplc.de manziliga murojaat qiling.

Grantga ariza berish haqida esa batafsil: shu yerda ma’lumotga ega boʻlasiz.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Ariza avval yuklab olinadi, keyin qogʻoz variantiga imzo qoʻyib, soʻralgan hujjatlar bilan birga topshiriladi.
  • CV/rezyume. Imzo qoʻyib topshiriladi.
  • Motivatsion xat. 2 betgacha yoziladi. Imzo qoʻyib topshiriladi.
  • Tavsiyanoma (lar). U(lar)ni oʻqigan universitetingizda ishlaydigan professor/rector/prorektordan olinadi, imzo, kontaktlar va sana yozilib, rasmiy muhr qoʻyilgan holda topshiriladi.
  • Hozirgi ish joyingizdan tavsiyanoma. Rahbardan olinadi, imzo, kontaktlar va sana yozilib, rasmiy muhr qoʻyilgan holda topshiriladi.
  • Certificate(s) of Employment. Kamida 2 yillik tajribaga egalik haqida ish joyidan ma’lumotnoma.
  • Diplomi nusxalari. Diplomlar nemis oliygohlarida qabul qilish talablariga mos kelishi kerak. Ya’ni, bakalavr diplomi 4 yillik ta’lim tizimiga toʻgʻri kelishi lozim.
  • Diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati (kamida IELTS 6,5/TOEFL 85 ball).
  • Nemis tili sertifikati (agar bor boʻlsa).
  • Tanlangan kurs va bosqichga qarab boshqa qoʻshimcha hujjalar talab qilinishi mumkin.
  • Ijtimoiy faollik haqida hujjat (agar bor boʻlsa).

Hujjatlar tarkibi va ularga qoʻyilgan talablar haqida toʻliq maʼlumot bilan: grant uchun: shu yerda va oʻqishga qabul uchun: shu yerda tanishish mumkin.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • A’lo baholari.
  • Qoʻsimcha faoliyat: prezentatsiya, nashr ishlari, koʻgazmalarda qatnashganligi, mukofot va boshqalar.
  • Volontyorlik faoliyati.
  • Moddiy yordamga muhtojligi.

Bogʻlanish uchun: info@miplc.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!