×

Janubiy Koreya: Magistratura va doktorantura uchun toʻliq grant; yashash xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

6131 marta

Janubiy Koreyaning POSCO TJ Park Foundation tashkiloti Koreya universitetlariga 2020-yil kuzgi va 2021-yil bahorgi semesterga magistratura yoki PhDga oʻqishga kelmoqchi boʻlganlar uchun Scholarship for Asian Students in Korea grantini e’lon qilindi. Grant 4 semestrga berilishi moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada oʻqishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

포스코청암재단 POSCO TJ Park Foundation tashkiloti grant yutib olgan qatnashchining 4 semester uchun oʻqish va yashash xarajatlarini toʻliq qoplaydi. Koreyada yashash xarajatlari bir oyga taxminan 900 USDni tashkil etadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi boʻlishi lozim.
  • Nomzod oʻz davlatida bakalavrni yuqori natijalar bilan bitirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod Koreya universitetlaridan biriga 2020-yil kuz yoki 2021-yil bahorda boshlanadigan magistratura/doktorantura kurslariga oʻqishga kirishi kerak.
  • Koreyada bakalavrni bitirganlar bu grantga hujjat topshira olmaydi.
  • Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlangan mutaxassislik boʻyicha kursning maxsus talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz yoki koreys tilini a’lo darajada bilishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda  va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 1-yanvardan 31-yanvargacha qabul qilinadi. Ayni vaqtda qabul yopiq va u 2020-yil 1-yanvarda ochiladi.

Hujjat topshirish tartibi quyidagicha:

Hujjat topshirish, kerakli hujjatlar tarkibi va boshqa ma’lumotlar shu yerda.  Dasturga oid yangi ma’lumotlar 2020-yil 1-yanvardan: shu yerda e’lon qilinadi.

E’tiborli jihati hujjat topshirish grant uchun alohida va universitet uchun alohida boʻladi. Oldin grantga hujjat topshirilib, topshirilgan hujjatlar komissiya tomonidan baholanib, muvaffaqiyatlilar uchun ikkinchi bosqich – suhbat boʻlib o’tadi. Ikkinchi bosqich natijalariga koʻra gʻoliblar saralanib olinadi.

Shundan keyin universitetga hujjat topshirib, universitetga qabul qilinganingizdan keyin grant oʻqish pulingizni toʻlab, yashash uchun oylik stipendiya ajratadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Application and Statement of Purpose (ariza)
  2. Letter of Recommendation (tavsiyanoma)
  3. Certificate of Enrollment/ Graduate/ Employment (universitetga qabul qilinganlik haqida ma’lumotnoma)
  4. Transcript (baholar/diplom ilova)
  5. Language certificate (til sertfifkati)
  6. Proof of Citizenship Document (fuqarolikka oid hujjat/pasport).

Murojaat uchun: Nayoung Yoonga + 82-2-562-7674 telefon raqami yoki asiafellowship@postf.org elektron manzili orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!