×

Shotlandiya: Bakalavriat bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

15.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1178 marta

Shotlandiyaning Stirling shahrida joylashgan University of Stirling 2020-yilning sentyabr oyidan boshlanadigan bakalavriat kurslarida tahsil olishni istagan nomzodlardan 2020-yilgi International Undergraduate Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya universitetga oʻqishga kirgan a’lochi talabalarning hammasiga toʻrt yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Stirling bakalavriat bosqichlarida kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Kontrakt hajmi toʻgʻrisida toʻliq: shu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodlarga kontraktdan 2 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grant stipendiatning kontrakt summasining qolgan qismi va boshqa sarflarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod attestat/kollej/litsey va bir yillik foundation kursi diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Grantga ariza berishdan avval University of Stirlingning bakalavriat dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Oʻqishga hujjat topshirgan nomzodlarning hammasi grantga talabgor hisoblanadi. Shu sababli bakalavriat yoʻnalishlaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Birinchi universitetga qabul uchun hujjat topshiring. Dedlayn tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn – 2020-yil 15-yanvar.

Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. Shu yerda berilgan roʻyxatdan “Uzbekistan”ni koʻrsating. Shunda oʻzbekisonliklar uchun qabul talablari chiqadi. Batafsil tanishing.
  3. Shu yerda ingliz tili talablari bilan tanishing. Agar ingliz tili koʻrsatilgan talabga javob bermasa pre-sessional English language coursesda oʻqib, bilimlarni kengaytirish mumkin.
  4. Tanlangan kurs sahifasidagi “Apply now” havolasi orqali ariza toʻldiring.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Nomzod attestat, kollej/litsey diplomidan tashqari 1 yillik Foundation kursini tugatgan boʻlishi kerak.
  2. Tanlangan yoʻnalishga qarab SAT/ACT sertifikati topshiriladi.
  3. Oʻqish uchun moliyaviy holati yetarliligi haqida maʼlumotnoma.
  4. Talabalik vizasi.
  5. Esse soʻralishi mumkin.
  6. Ingliz tilini egallanganlik IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumotni tanlangan kurs sahifasidan olasiz.

Bogʻlanish uchun: admissions@stir.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!