×

Avstriya: Xotin-qizlarga magistratura uchun toʻliq grant; yillik 6000 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

3190 marta

Avstriyaning The Vienna Center for Logic and Algorithms (VCLA) talabalardan Helmut Veith Stipend dasturiga arizalar qabul qilmoqda. VCLA  Technische Universität Wien – TU Wien (Vienna University of Technology) tashabbusi bilan tashkil etilgan. Grant universitetning informatika sohasida magistratura bosqichini oʻqishni xohlagan xotin-qizlar uchun moʻljallangan. Grant ikki yil muddatga universitetning ta’lim ingliz tilida olib boriladigan quyidagi magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchi xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun kontrakt toʻlovi bir semestrga 726 yevro, bir oʻquv yiliga esa 1 453 yevroni tashkil etadi.  

Grant yutib olgan nomzodlarga ikki yil muddatga kontrakt puli toʻliq qoplanadi va yillik 6 000  yevro stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod ayol kishi boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetning universitetning ta’lim ingliz tilida olib boriladigan informatika va hisoblash magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak. Roʻyxat yuqorida berilgan.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun til bilish darajasi qanday boʻlishi kerakligi tanlangan yoʻnalishga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod informatika yoki matematika boʻyicha bakalavr diplomi (birinchi Bolonya sikli darajasi) yoki ekvivalentiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod semestriga 30 dan kamida 25 kredit (ECT) toʻplashi kerak.
  • Nomzod oʻqish tugaguncha Avstriyada yashashi zarur (stajirovka va loyihalar boʻyicha komandirovkalar bundan mustasno).

Barcha talablar bilan: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar TU Wien universitetining ta’lim ingliz tilida olib boriladigan magistratura kurslaridan biriga oʻqish uchun beriladi. Roʻyxat yuqorida koʻrsatilgan. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga va grantga hujjat topshirish bir vaqtda parallel tarzda kechadi. Ammo har ikkala jarayon alohida. Shuningdek, stipendiya yutib olish oʻqishga qabul qilinish huquqini bermaydi.

Oʻqishga dedlayn qishgi semestr uchun 5-sentabrgacha va grantda dedlayn 30-noyabrgacha. Oʻqishga hujjatlarni dedlayndan 10-12 hafta avval joʻnatish kerak!

Oʻishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Shu yerda oʻqishga kirish talablari berilgan. Batafsil tanishib chiqing.
  • Shu yerda oʻqishga topshiriladigan ariza shakli koʻrsatilgan.
  • Kerakli hujjatlarni ilova qilib, topshiring.

Grantga ariza berish. Grantga hujjatlar dedlaynga qadar soʻralgan ma’lumotlar bilan master@logic-cs.at manziliga joʻnatilishi kerak. Hujjatlarni bitta PDF faylga joylash lozim. Xatni “Application” deb nomlash zarur.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Cover Letter.
  • Curriculum Vitae.
  • Motivatsion xat.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • 2 ta taqrizchining kontakt ma’lumotlari (tavsiyanoma olish uchun).
  • Ingliz tili testi (kamida СEFR C1 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot.

Hujjatlar nemis yoki ingliz tilida topshiriladi. Qoʻshimcha ma’lumotlar: shu yerda va shu yerda.

Nomzodlar grantga informatika va hisoblash sohasiga oid bilimlari, aʼlo baholari, til bilish darajasi, intiluvchanligi va kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez fursat ichida elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun:master@logic-cs.at

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!